McDonald's tez taomlaniş restoranlari tarmoği kompaniya ramzi hisoblangan masxaraboz Ronald Makdonaldning omma oldida köriniş berişini kamaytiradigan böldi. Bunga sönggi paytda masxarabozlar libosini kiygan kişilarning amerikaliklarga tez-tez hujum qilişi sabab bölgan. The New York Post şu haqida ma'lum qildi.
"McDonald’s va mahalliy bozorlardagi franşizalar masxarabozlar paydo bölgan vaziyatlarni yaxşi eslaşadi, şu bois ular Ronald Makdonaldning ma'lum bir vaqt davomida jamoatçilik tadbirlarida iştirok etmasligini ma'lum qiladi", - deyiladi kompaniyaning rasmiy saytida.
Bunday qaror Twitter'da tanqidga uçradi. "Masxarabozlarning paydo böliş holatlari kompaniyani Ronald Makdonaldning omma oldida namoyon bölişini çeklaşga majbur qildi. Hayotimizni şu tarzda özgartirayotgan bir vaqtimizda masxarabozlar ğolib bölişadi", - deydi yozuvçi Jon Ekaff.
Noma'lum masxarabozlarning paydo bölişi haqidagi xabar avgust oyining oxirlarida tarqaldi. Manbaga köra, turli ştatlarda odamlar bolalarga pul taklif qilib, ularni örmon tomonga jalb qilişga urinişgan. Bu bolalarning öylab topgan gapi bölişi mumkinligi haqidagi versiya inkor etilgan, çunki masxarabozlarni kattalar ham körişgan.
Huquq-tartibot xodimlarining ma'lumotlariga köra, Amerikaning Jorjiya, Alabama va Virjiniya ştatlarida yuqorida qayd etilgan "hazillar"da ayblangan 12 kişi qölga olingan. Pensilvaniyadagi 16 yoşli Kristian Torresning ölimini ham "masxaraboz vahimasi" bilan boğlaşmoqda.












