AQŞning 10 ta ğarbiy ştatida içak infeksiyasi (E. coli O157:H7) bilan zaharlaniş böyiça kamida 49 ta holat qayd etildi. Bu haqda Kasalliklar nazorati va profilaktikasi markazi CDC) xabar berdi.

Qayd etilişiça, zaharlangan fuqarolardan biri — keksa erkak vafot etgan. Yana töqqiz kişi, jumladan, gemolitik-uremik sindromi bor bola şifoxonaga yotqizilgan.

Zaharlanganlarning aksariyati McDonaldʼs tezpişar yeguliklar tarmoğidagi Quarter Pounder burgerini iste’mol qilganliklarini bildirgan. Tergov davomida McDonaldʼs qator ştatlarda töğralgan piyoz va mol göştidan tayyorlangan kotletlardan foydalanişni töxtatib turadi. CDC’ning aniqlik kiritişiça, tergov «tez siljimoqda», zaharlaniş aynan töğralgan piyoz sabab kelib çiqqan bölişi mumkin.

Ta’kidlanişiça, oşqozonda qattiq oğriq paydo bölişi, diareya va qayd qiliş, bu — zaharlanişning asosiy belgilaridir. Odatda kasallik belgilari bakteriyalar organizmga tuşganidan 3-4 kun ötib paydo böladi va heç qanday davolaşlarsiz ham 5-7 kunda ötib ketadi.

McDonaldʼs tergovning dastlabki xulosasiga tayanib, sifatsiz piyoz «uçta taqsimlaş markazlariga xizmat körsatgan bitta yetkazib beruvçi» bilan boğliq ekanini ma’lum qildi. Quarter Pounder çizburgeri zaharlaniş holatlari aniqlangan ştatlarda menyudan olib taşlangan.

CNBC’ning qayd etişiça, mazkur yangilikdan keyin McDonaldʼs aksiyalari birjadan taşqari savdolarda taxminan 7 foizga tuşib ketgan.