Xitoylik olimlar ilk yevropaliklar mamlakatga Marko Polodan 1,5 ming yil avval kelişgani hamda Terrakota armiyasi qurilişida iştirok etişganini taxmin qilişmoqda. Bu haqida Britaniyaning The Independent naşri ma'lum qildi.
Olimlar Xitoyni yagona davlat sifatida birlaştirgan birinçi imperator Tsin Şixuandining qabri atrofida olib borilgan qazilma işlari davomida qölga kiritilgan arxeologik va genetik ma'lumotlarni tahlil qilib, yuqoridagi xulosaga kelişdi.
Tadqiqotçilar kelib çiqişi Yevropadan bölgan köplab artefaktlarni topişgan, xususan, hozirda unutilib ketgan texnologiya asosida tayyorlangan quşlarning bronza şakllari şular jumlasidandir. Mitroxondrial DNK tahlili yevropaliklarning Tsin Şixuandi hukmronligi davrida Xitoy hududida bölganini körsatgan.
Manbaga köra, bu eramizdan avvalgi IV asrda Iskandar Zulqarnaynning yurişlaridan keyin Hindiston hududiga kirib borgan yunonlar bölişi mumkin.
"Öylaşimizça, Terrakota armiyasi, akrobatlar va qazilma olib borilgan joyda topilgan bronza haykallar qadimiy yunon haykaltaroşligi hamda san'at asarlari namunalari asosida qurilgan", - deya ta'kidlaydi arxeolog Xuan Syuçjen.
Terrakota armiyasi 8 mingdan ortiq xitoy jangçisi va otlarning töliq hajmli haykallaridan iborat majmuadir. Haykallar majmuasi Tsin sulolasining birinçi imperatori Tsin Şixuandining qabri yonida joylaşgan.









