Fransiya prezidenti Fransua Olland futbolçilarning intellektual qobiliyatiga şubha bildiradi.
Yahoo Sports fransuzlar prezidentining «Prezident aytmasligi kerak bölgan gaplar…» nomli kitobidan parçalarni naşr qildi. Ularda özini futbol muxlisi hisoblaydigan Olland futbolçilar haqidagi fikrlarini bildirib ötgan.
«Ular yomon tarbiya olgan bolalar kabi boşlab, söngra badavlat yulduzlarga aylanib qolişadi. Ular nima yaxşiyu, nima yomon ekanini bilişga ruhan tayyor bölişmaydi. Fransiya futbol federatsiyasi ularga futbol maydonida emas, balki sinf xonalarida maşğulotlarni taşkil qilib berişi kerak. Ularning miyasi uçun ham maşğulotlar kerak», deya Ollanddan iqtibos keltirilgan naşr xabarida.
Manba: Tribuna.uz











