Fransiyaning sobiq prezidenti Fransua Olland iyul boşida guvoh sifatida söroqqa çaqirtirilgan. Tergovçilarni siyosatçining Braziliya hukumati tomonidan harbiy samolyotlarni sotib oliş kelişuvi böyiça javoblari qiziqtirgan. Bu haqda Reuters axborot agentligi xabar berdi.
Söroqqa Ollandgaça prezident bölgan Nikolya Sarkozi ham çaqirtirilgan, biroq u savollarga javob berişdan boş tortgan.
Braziliya 2013 yilda Şvetsiyada işlab çiqarilgan Gripen qiruvçi samolyotlarini sotib olgan. Öşanda SAAB şved kompaniyasi samolyotlarni yetkazib beriş huquqini qölga kiritiş uçun kuraşda AQŞning Boeing va Rafale samolyotlarini işlab çiqaruvçi Dassault fransuz kompaniyasini ortda qoldirgan. Braziliyaning amaldagi hukumati uşbu bitimga sobiq prezident Luiş Inasio Lula da Silva ta'sir körsatgan, deb hisoblamoqda. Ta'kidlanişiça, u şartnomani şvedlarga beriş uçun öz ta'siridan foydalangan.
Sarkozi va Olland Braziliya hukumati bilan uşbu bitim böyiça muzokaralarda iştirok etgan. Lulaning himoyasi bu siyosatçilar Rafale samolyotlarini yetkazib beriş şartlari unça foydali bölmaganini va şu sababli bitim korrupsiya xarakteriga ega bölmaganini isbotlab berişlari mumkin, deb hisoblamoqda.
Lula da Silva ayni vaqtda turli korrupsiya işlari böyiça qamoq jazosini ötamoqda.

















