LG kompaniyasi elektron bozorda smartfonlar uçun 15 vattga ega kuçli simsiz dok-stansiyani (tutaştiruvçi boğlama) taqdim etişga hozirlik körmoqda. U apparatlarni kabel orqali quvvatlagandagi tezlikda zaryadlay oladi. Örtamiyona smartfonning batareyasini 50 foizgaça quvvatlaş uçun bor-yöği 30 daqiqa vaqt ketadi, bu esa kabelli 2 amperga ega quvvat moslamasi bilan zaryadlangandagi natijaga teng keladi.
Quick Wireless Charging Pad qurilmasi Qi standartining sönggi tahririga töliq mos keladi va simsiz quvvat oliş xususiyatiga ega köplab mobil qurilmalar bilan işlay oladi. Bundan taşqari, işlab çiqaruvçilar yonib ketiş holatiga qarşi himoya çorasini körişgan — içki kontroller smartfon bilan aloqa çoğida haroratni nazorat qiladi. Qiziş holati oşib ketganda, zaryadlaş jarayonini avtomatik tarzda töxtatadi.
LG Quick Wireless Charging Pad Şimoliy Amerika, Yevropa va Avstraliya bozorlarida joriy yilning özidayoq paydo böladi. Qurilmaning narxi haqida ayni damda aniq ma'lumot yöq.












