Martin Lyuter Kingning "Selma" dramasi orqali tanilgan britaniyalik aktyor Devid Oyyelouo Radio Times bilan suhbatda "Taxtlar öyini" yaratuvçisini tanqid ostiga oldi. Bu haqida Radio Times naşri ma'lum qildi.
Devidning fikriça, film yaratuvçilarining qora tanli aktyorlarni faqat ikkinçi va uçinçi darajali rollarda tasvirga olganligini heç qanday söz bilan oqlab bölmaydi.
"Taxtlar öyini" qandaydir sabab bilan - qora tanli personajlar ikkinçi darajada paydo böladigan serial bölsa-da, bu ular iştirokidagi yorqin syujyet liniyalari bölmasin, degani emas. Film yaratuvçilaridan bor-yöği diqqatni ularga qaratişgina talab qilinardi", - deya izohlaydi Oyyelouo.
Şunga qaramay, aktyor Hollivudda qora tanli aktyorlarni kamsitiş holatlari nisbatan kamayganligini qöşimça qildi. Misol tariqasida rejissyor Jyey Jyey Abramsning "Yulduzlar jangi"ga Jon Boyyeguning taklif qilinişini omadli qaror, deya baholaydi. Oyyelouoning fikriça, Britaniya serialidagi şifokor Kim roliga ham qora tanli aktyorni tanlaş mumkin edi.
"Taxtlar öyini" seriali amerikalik yozuvçi Jorj Martinning "Muz va Gulxan qöşiği" asariga asoslangan. Undagi asosiy rollarni oq tanli aktyorlar - Piter Dinkleyj, Lina Hidi, Kit Harington, Emiliya Klark, Sofi Terner va Meysi Uilyamslar ijro etişgan. Ikkinçi darajali syujyet liniyalarida qora tanli aktyorlar - Lyusen Msamati (qaroqçi Sallador Saan) va Nonso Anozi (savdogar Ksaro Ksoan Daksos)larni köriş mumkin.








