Suriya prezidenti Başar Asadning bayonot berişiça, Suriya inqiroziga barham beriş uçun töğri kelgan odam bilan emas, balki yer yuzidagi terrorçilarga qarşi kuraşa oladigan va ta'sirli siyosiy kuçlar bilan muzokaralar olib boriş lozim. Uning sözlariga köra, Suriya hukumati şunday ta'sir kuçiga ega. 

"Muammo muzokaralarni har kim bilan emas, balki haqiqiy ta'sirga ega va vaziyatni özgartira oladiganlar bilan olib borişda. Tasavvur qilaylik, biz muxolifatning barçasini, vatanparvarlarini ham, boşqalarini ham, vatandagilarini ham, xorijdagilarni ham töplab, ular bilan barçasini kelişib oldik. Va bu Suriyaning yorqin kelajagining garovi, deb işondik. Şu paytda boşqa savol paydo böladi: ulardan qaysi biri Yer yuzidagi terrorçilarga ta'sir körsatadi?" — degan Asad "Komsomolskaya pravda" gazetasiga bergan intervyusida.

"Barçamiz yaxşi bilamizki, uşbu terrorçilarning aksariyati "Al-Qoida", IŞID, "An-Nusra", "Ahror aş-Şom" kabi guruhlarga aloqador taşkilotlar a'zosidir. Ularni vahhobiylik ğoyasidan boşqa narsa qiziqtirmaydi. Şunga köra, siyosiy muxolifat bilan har qanday muzokara vaziyatni özgartirmaydi. Ayni mana şu muammoning asosiy qismidir", — deya bayonot bergan Suriya prezidenti.

Uning ta'kidlaşiça, Suriya hukumatining "vaziyatga ta'sir etişga doir öz usullari bor". 

"Biz terrorçilar bilan uruşmoqdamiz. Muxolifat-çi, ular nima qila oladi? Mana savol qanday turibdi? Va men bunga javob bera olmayman. Ularning özlari nimaga qodirliklari va nima qila olişliklarini aytişlari kerak", — degan Suriya yetakçisi.