Jahon | 11:25 / 14.10.2016
6751
1 daqiqa o‘qiladi

Britaniyaliklar orasida Irlandiya pasportiga ega bo‘lishni xohlovchilar soni ikki barobar ortdi

Foto: irishtimes.com

Buyuk Britaniya fuqarolari orasida Irlandiya pasportini olish uchun kelib tushgan arizalar soni Brexit qaroridan keyin uch oy ichida ikki barobarga ko‘paydi. Bu haqida The Times nashri xabar berdi

Joriy yilning iyulidan Irlandiya pasportini olish uchun ariza berganlar soni 21,5 ming kishini tashkil qildi. Bir yil avval ularning soni 11 ming nafardan iborat bo‘lgan. Manbada ta'kidlanishicha, ariza topshiriganlarning taxminan 16 ming nafari Shimoliy Irlandiya aholisi hisoblanadi. 

Irlandiya tashqi ishlar va savdo vaziri Charli Flanaganning fikricha, yil oxiriga borib, Irlandiya pasportiga ega bo‘lishga da'vogarlar soni taxminan 100 ming nafarni tashkil qiladi. Shuningdek vazir bu ko‘rsatkichning 2017 yilda yanada o‘sishini ishonch bilan ta'kidladi. 

Mavzuga oid