Tramp 6-oktabr kuni jurnalistlarning savollariga javob berar ekan, Putin bilan yaqin vaqt içida suhbatlaşişini aytdi. Undan Irkutskdagi voqeani Rossiya prezidenti bilan muhokama qilgan-qilmagani söralganda, telefon muloqoti belgilanganini bildirgan.
Voqea Irkutsk ölatga qarşi ilmiy-tadqiqot institutining 28 yoşli laboranti Darya Şipilova ölimi bilan boğliq. U 2-oktabrga ötar keçasi Irkutsk viloyatidagi Şelexov tuman kasalxonasida vafot etgan.
Rospotrebnadzor marhumada sababi aniqlanmagan pnevmoniya - öpka yalliğlanişi taşxisi qöyilganini bildirgan. Uning ölatdan vafot etgani rasman tasdiqlanmagan.
JSST boş direktori Tedros Adxanom Gebreyesus 7-oktabrga ötar keçasi X ijtimoiy tarmoğida taşkilot Rossiya soğliqni saqlaş idoralari bilan aloqada ekani va texnik yordam taklif qilganini maʼlum qildi.
Uning yozişiça, Rossiya tomoni JSST söroviga javoban sönggi vaqtlarda Irkutsk viloyatida birorta ham ölat holati qayd etilmaganini bildirgan.
Rossiya idoralari epidemiologik suriştiruv ötkazilgani, profilaktika va nazorat çoralari körilgani haqida ham axborot bergan. Marhuma bilan muloqotda bölgani aniqlangan şaxslar tibbiy kuzatuvga olinib, tekşiruvdan ötkazilgan.
Gebreyesusning sözlariga köra, Rossiya tomoni uşbu şaxslarda yuqori xavfli infeksiya qözğatuvçilari aniqlanmaganini va ularning barçasi ustidan tibbiy kuzatuv yakunlanganini maʼlum qilgan.
Şu bilan birga, JSST oğir pnevmoniyaning sababini va sanitariya çoralarini körişga asos bölgan qözğatuvçini aniqlaş uçun qöşimça maʼlumot söragan. Taşkilot yana bir xodimda sababi nomaʼlum pnevmoniya aniqlangani haqidagi OAV xabarlarini ham tekşirişni istamoqda.
Avvalroq, 5-oktabrda Tramp AQŞ Rossiyadagi vaziyatni diqqat bilan kuzatayotgani va zarurat tuğilsa, yordam berişga tayyorligini aytgan edi.
Ölat haqidagi gumonlar mahalliy rasmiylarning bayonotlaridan keyin ham tarqalgan. Qöşni Buryatiya rahbari Aleksey Sidenov dastlab Şipilovaning ölimiga ölat sabab bölganini yozgan, keyin esa xabarini tahrirlab, «ehtimol» sözini qöşgan.
Irkutsk viloyati gubernatori Igor Kobzev «öta xavfli infeksiya»ga gumon borligini bildirgan, biroq aniq taşxisni aytmagan.

















