Monakoda qirollikning eng baland binosi - "Odeon minorasi" (Odeon Tower)da joylaşgan pentxaus sotuvga qöyildi. Osmonöpar binoning beş qavatini egallagan kvartira 335 million dollarga baholandi - bu jahon köçmas mulk bozoridagi mutlaq rekord narx hisoblanadi. Mansion Global naşri şu haqida xabar berdi.

Pentxausning umumiy maydoni deyarli 3 ming kvadrat metrni taşkil qiladi. U yerda standart turar joy va texnik inşootlardan taşqari, ajoyib hovuz va raqs maydoni ham bor. Pentxausning tomida maxsus dam oliş zonasi mavjud.

Naşr ma'lumotlariga köra, dunyoning eng qimmat kvartirasini qölga kiritiş maqsadida bir neça salohiyatli xaridorlar qiziqiş bildirişgan, biroq hozirça uning sotuviga doir aniq kelişuvlar yöq. 

Bundan avval Savills kompaniyasi tahlilçilari 2016 yilda Monakodagi köçmas mulkning örtaça narxi 2,1 million yevroni taşkil qilişi haqida xabar berişgandi. 2010 yildan buyon qirollikdagi uy-joylar yiliga örtaça 5,8 foizga qimmatlaşmoqda. 

Monako nafaqat turar joy sotuvi böyiça, balki uning ijarasi böyiça ham yuqori bahosi bilan ajralib turadi. Airbnb ma'lumotlariga köra, qirollikda kvartira ijarasining sutkalik örtaça narxi - 300 dollardan ortiq.