Germaniya va Şveytsariya migratsiya inqiroziga qarşi çegaralarda nazoratni kuçaytiriş böyiça birgalikda reja işlab çiqdi. Bu haqda Germaniya içki işlar vazirligiga iqtibos keltirgan holda TASS axborot agentligi xabar bermoqda.
"2016 yilning yanvaridan avgustigaça 4,5 mingta çegarani noqonuniy kesib ötiş holati qayd etildi. Şu tufayli Germaniya va Şveytsariya migratsiya inqiroziga qarşi çegaralarda nazoratni kuçaytiriş böyiça birgalikda reja işlab çiqdi", deb aytilmoqda xabarda.
Endi çegarada kelayotgan poyezdlar sinçkovlik bilan tekşiriladi, çegara xizmati xodimlari soni bir neça marotaba oşiriladi.
Uşbu reja muhojirlarning töxtovsiz oqimini töxtatişi kerak. Ikki davlat hukumatlari bu kelişuvga Italiya ham qöşilişiga umid qilişmoqda.








