Xabarlarga köra, Irlandiya çempionatining 31-turida ajoyib futbol öyini bölib ötgan. Unda, mehmonlar jamoasi 13 daqiqada 4ta javob töpi kiritganiga qaramay, mağlubiyatdan qutila olmagan.
Öyin "Ueksford Yuts" va "Goluey Yunayted" jamoalari örtasida bölib ötgan. 14 oktabrda "Ueksford"ning öz maydoni "Ferrikarrig Park"da taşkil etilgan uçraşuv mezbonlarning 5:4 hisobidagi ğalabasi bilan yakunlangan.
Qayd etilişiça, "Ueksford" öyin davomida ustunligini namoyiş etgan va birinçi taymda 3ta hamda ikkinçi taymning dastlabki 7 daqiqasida yana 2ta gol kiritgan. Ayni şu pallada, öz ğalabalariga işongan futbolçilar öyin tizginini raqiblariga berib qöygani ularga qimmatga tuşişi mumkin edi. "Goluey Yunayted" ajoyib iroda namoyiş etib, 61-daqiqadan 74-daqiqagaça 4ta javob töpi kiritişgan va mezbonlarning hamda ğalabadan sarmast mahalliy muxlislarning huşini joyiga keltirib qöygan. Şunday bölsa-da, "Ueksford" katta qiyinçilik bilan hisobni saqlab qolişning uddasidan çiqqan.
Biroq, uşbu ğalaba 22 oçkoga ega "Ueksford"ga turnir jadvalining oxiridan bitta oldingi 11-örinini tark etişga imkon bermagan. "Goluey Yunayted" hisobida esa 37 oçko bölib, 9-örinda bormoqda.

















