Gonkongda 38 yoşli, tutqunlikda yaşovçi dunyodagi eng qari panda uxlatiş orqali hayotdan ketkazildi, deb yozmoqda South China Morning Post naşri.
Tszya Tszya laqabli bu pandaning salomatligi oxirgi 2 haftada keskin yomonlaşgan, u kamroq ovqat yeb, vazn yöqota boşlagan. Panda asralgan boğ vakilining aytişiça, oxirgi kunlar u deyarli ovqat ham yemagan, suv ham içmay qöygan, 16 oktabr ertalab yurolmay qolgan.
Boğ vakilining aytişiça, Tszya Tszyaga azob bermaslik uçun uni uxlatiş orqali hayotdan ketkazişga qaror qilingan. Ta'kidlanişiça, odam hayotiga ögirilganda u 114 yil umr körgan.
RTHK radiostansiyasi ma'lumotlariga köra, panda avval yovvoyi tabiatda yaşagan, biroq keyinroq Xitoyning Siçuan viloyatidagi pandalarni köpaytiriş markaziga jönatilgan, u yerdan esa 1999 yilda sovğa sifatida Gonkong hukumatiga tuhfa qilingan.
Panda Xitoy ramzi hisoblanadi va Pekin diplomatiyasida alohida örin tutadi. Bu jonzotlarning turli davlatlarga yuborilişi an'anaga aylangan va bu "pandalar diplomatiyasi" deb ham ataladi. "Sinxua" axborot agentligi ma'lumotlariga köra, 2015 yil oxirida Xitoyda yovvoyi tabiatda yaşovçi 1864 ta panda borligi qayd qilingan..











