Egizaklar Syao Syao va Ley Leyni oxirgi bor körib qoliş uçun odamlar uç yarim soatgaça navbatda turişgan. Bu pandalar 2021 yil Yaponiyada, Tokio hayvonot boğida tuğilgan, ammo Xitoy mulki hisoblanadi – XXR nafaqat sovğa qilib berilgan pandalar, balki ularning avlodlariga ham egalik huquqini özida saqlab qoladi.
1949 yilda Xitoy Xalq Respublikasi tuzilganidan buyon Xitoy pandalarini ezgu niyat belgisi sifatida boşqa mamlakatlarga berib keladi (ammo öz mulkini qaytarib berişni ham talab qilişi mumkin). Buning evaziga qabul qiluvçi davlatlar bir juft panda uçun yiliga 1 mln dollar atrofida tölov qilişi kerak böladi.
Yaponiya poytaxti rasmiylari Xitoy hukumatidan bu pandalar örniga boşqalarini yuborişni söraganiga qaramay, Pekindagilar bunday reja yöqligini bildirişgan.
Pandalar samolyotda Xitoyga olib boriladi, u yerda dastlab karantinda saqlanadi, keyin esa Siçuan provinsiyasidagi uşbu hayvonlar populyatsiyasini örganiş va saqlaş markazida oilaning yana bir vakili Syan Syan bilan uçraşişadi.
Endi Yaponiya pandalarsiz qoladimi?
Yaponiyaga ilk pandalar 1972 yilda, ikki mamlakat munosabatlari normallaşganida sovğa qilingan. Endi Yaponiya sönggi yarim asrdan ortiq vaqt davomida ilk bor pandalarsiz qolmoqda. Hozir esa mamlakatlar örtasidagi munosabatlar murakkablaşdi, ayniqsa Yaponiya boş vaziri Sanae Takaiçi agar Xitoy Tayvanga hujum qiladigan bölsa, Yaponiya qurolli kuçlari vaziyatga aralaşişiga töğri kelişini aytganidan keyin.
Pekin mustaqil boşqaruvga ega uşbu orolni öz hududining bir qismi sifatida köradi va vaqti kelib orolni kuç işlatgan holda öz tarkibiga «qöşib olişi»ni istisno etmaydi.
Şu oy boşida Xitoy Yaponiyaga nodir metallar bilan boğliq mahsulotlar eksportiga çeklovlarni kuçaytirdi, dengiz mahsulotlari importini esa töxtatdi.
Pekin öz fuqarolarini Yaponiyaga safar qiliş töğri qaror bölmasligi haqida ogohlantirgan. Yaponiya turizm vaziri Yasusi Kanekoning sözlariga köra, ötgan oyda Yaponiyaga kelgan xitoylik sayyohlar soni ötgan yilning şu davriga nisbatan deyarli ikki baravarga – taxminan 330 ming kişigaça kamaygan.
«Ularni eslab qoliş uçun keldik»













