21:03 / 17.10.2016
16574

Kechki dayjest: 17 oktabrning eng muhim xabarlari

Yakunlanib borayotgan 17 oktabr O‘zbekiston va jahonda yuz bergan turli voqea-hodisalarning eng saralari Kun.uz dayjestida.

Qonunchilik palatasiga “Ma'muriy qamoqni o‘tash tartibi to‘g‘risida”gi Qonun loyihasi kiritildi

 

Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga Vazirlar Mahkamasi tomonidan qonunchilik tashabbusi asosida O‘zbekiston Respublikasining “Ma'muriy qamoqni o‘tash tartibi to‘g‘risida”gi Qonun loyihasi kiritildi.

>>>  Batafsil.

Samarqandda pomidor kombaynda terib olinmoqda


Samarqand viloyati Jomboy tumanidagi G‘ubdintog‘ qir-adirlari bag‘rida tashkil etilgan «Maroqand meva-sabzavot» fermer xo‘jaligida pomidorlar kombaynda terib olinmoqda.

>>>  Batafsil.

Parlament «Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida»gi qonun loyihasini ko‘rib chiqishni boshladi


Foto: Wikipedia

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Kengashining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qonunchilik tashabbusi huquqi asosida kiritilgan “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni loyihasini Qonunchilik palatasi majlisida ko‘rib chiqish masalasi muhokama etildi.

>>>  Batafsil.

“O‘zbekiston havo yo‘llari” chiptalarini onlayn xarid qilish mumkin


Foto: avialine.info

2016 yilning 18 oktabridan “O‘zbekiston havo yo‘llari” Milliy aviakompaniyasi aviachiptalarni onlayn-bronlash va ular uchun UzCard bank kartochkalari vositasida haq to‘lash bo‘yicha xizmatlar turini kengaytiradi.

>>>  Batafsil.

Davlat tashkilotlari xodimlari Toshkent shahri va viloyatida doimiy ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin


Foto: Kun.uz

O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasi 2016 yil 7 oktabr kuni «O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari, xorijiy fuqarolar va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy ro‘yxatda turish tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarorni qabul qildi.

>>>  Batafsil.

Alisher Usmonov Rossiyaga soliq to‘lamaydigan bo‘ldi


Foto: RIA

USM Holding xo‘jayini Alisher Usmonov Rossiyaning soliq to‘lovchisi maqomidan mahrum bo‘ldi, deb yozmoqda Forbes jurnali. Bu xabarni USM matbuot xizmati ham tasdiqlagan. Rossiya soliq qonunchiligiga ko‘ra, RF soliq to‘lovchisi hisoblanish uchun mamlakatda kamida olti oy istiqomat qilish lozim.

>>>  Batafsil.

Tarixdagi eng halokatli epidemiya sabablari ma'lum qilindi


Foto: plo.vn

Nant universiteti (Fransiya) biologlari ispan grippining nima uchun ko‘p qurbonlarni keltirib chiqarganini aniqlashdi. Ma'lum bo‘lishicha, bunga gemagglyutinindagi (virusning hujayralar bilan bog‘lanish xususiyatini ta'minlovchi oqsil)  birgina aminokislotani o‘zgartiruvchi mutatsiya sabab bo‘lgan.

>>> Batafsil.

Sayyoraning ikki hududida kuchli yer silkinishlari ro‘y berdi


Foto: © Earthquake.usgs.gov

Papua va Yangi Gvineyaga qarashli Britaniya orolida 6.9 ballik zilzila sodir bo‘ldi, deb xabar qilmoqda Reyter axborot agentligi.

>>>  Batafsil.

AQShda Ruanda qiroli Kigeli V hayotdan ko‘z yumdi


Foto: AP

Ruandaning so‘nggi qiroli Kigeli V 16 oktabr, yakshanba kuni AQShda 81 yoshida vafot etdi. Bu haqida sobiq monaxning rasmiy saytiga asoslanib, "France press" xabar berdi.

>>>  Batafsil.

KXDR AQShga yadroviy zarba berish bilan tahdid qildi


Foto: «Hronika.info»

KXDR hukumati mobodo amerikaliklar Shimoliy Koreyaga qarshi yadroviy kuchlarini harakatga keltirgudek bo‘lsa, AQShga qarshi yadro zarba berilishidan ogohlantirdi. Bu haqda shimol koreyslarining Tashqi ishlar vazirligi ma'lum qilgan.

>>>  Batafsil.

Abdurashid Do‘stum tolibonlarning pistirmasiga duch kelib jarohatlandi


Foto: Caren Firouz / Reuters

Afg‘oniston Islom Respublikasi Prezidentining birinchi o‘rinbosari, Afg‘oniston Milliy islomiy harakati partiyasi raisi va Afg‘oniston turkiy millatlar rahbari, general Abdurashid Do‘stum «Tolibon» harakati jangarilari qo‘ygan pistirmaga tushib qolgan va jarohatlangan.

>>>  Batafsil.

Manba: Al-Bag‘dodiyni Mo‘sulga hujum boshlanishi arafasida qutqarib olib ketishdi

Nazvaniye

Mo‘sulga aviazarbalar berilishi boshlanishidan bir necha daqiqa oldin shahardan IShID yetakchisi Abu Bakr al-Bag‘dodiy qutqarib olib chiqib ketildi. Bu haqda Iroq xavfsizlik xizmatidagi manbaga asoslanib RIA Novosti xabar berdi.

>>>  Batafsil.

Gretsiyada politsiya va muhojirlar o‘rtasida to‘qnashuvlar bo‘lib o‘tdi


Foto: Twitter/ToChangeEverything

16 oktabr, yakashanba kuni Oreokastro shahri yaqinidagi lagerda grek politsiyasi va muhojirlar o‘rtasida to‘qnashuv ro‘y berdi.

>>>  Batafsil.

AQShda taniqli yengil atletikachining 15 yoshli qizini otib ketishdi


Foto: rsport

Yengil atletikaning sprinterlik masofasiga yugurish bo‘yicha 3 karra jahon chempioni, amerikalik Tayson Geyning 15 yoshli qizi jinoyat qurboni bo‘lgan, deb xabar qilgan Assoshieytid Press agentligi.

>>>  Batafsil.

Kurd jangchilari Mo‘sul yaqinida hujum boshladi


Foto: AFP

Kurd «peshmerg» otryadlari (Iroq Kurdistoni qurolli otryadlari) Iroq harbiylari bilan muvofiq holda Mo‘sul yaqinida keng ko‘lamli harbiy amaliyot boshladi.

>>>  Batafsil.

Yorqin «uchar likopcha» videosi namoyish etildi

Rctestflight laqabi bilan tanilgan videobloger oktokopterga 1000 vatt kuchga ega Freefly Alta (sakkiz pichoqli pichoqlar) LED chirog‘ini o‘rnatdi.

>>>  Batafsil.

O‘zbekistonlik professional bokschi Botirali Mamajonov amerikalik raqibini texnik nokautga uchratdi


Foto: instagram.com/mamajanov_77

14 oktabr kuni Amerikaning Florida shtatida «Battle at the Bay 5» bokschilar shousi bo‘lib o‘tdi. Unda o‘zbekistonlik Botirali «Xalk» Mamajonov (5−0−0, 3 KO) ham ringga ko‘tarildi.

>>>  Batafsil.

Italiya futbolida yana bir shov-shuv: «Inter» muxlislari va Ikardi mojarosi

«Inter»ning 40 nafar ashaddiy muxlisidan iborat guruh Italiya chempionatining 8-turi doirasida  «Kalyari»ga qarshi kechgan va 1:2 hisobidagi mag‘lubiyat bilan yakunlangan uchrashuvdan keyin jamoa hujumchisi Mauro Ikardini uyiga qaytayotganida ta'qib qilib, uning avtomobiliga tashlanishgan.

>>> Batafsil.

Top