Samarqand viloyati Jomboy tumanidagi Ğubdintoğ qir-adirlari bağrida taşkil etilgan «Maroqand meva-sabzavot» fermer xöjaligida pomidorlar kombaynda terib olinmoqda. Bu haqda Samarqand viloyati hokimligi saytida xabar berilgan.

Şu yilning bahor oylarida fermer xöjaligi dalasiga Italiyadan keltirilgan maxsus texnika vositasi yordamida 350 gektar maydonga tomatbop va bozorbop pomidor uruği qadalgan edi.
Pomidorni yetiştiriş, uni yiğiştirib oliş töla mexanizatsiyalaştirilgan. Jumladan, mavsum davomida gektaridan 90–95 tonna tomatbop pomidor mahsulotlarini yiğiştirib olişda maxsus kombaynlardan foydalanildi. Bu esa işçi kuçini tejab, mahsulot tannarxini pasaytirdi.
Pomidorni yiğiştirib olayotgan «aqlli» kombayn har kuni 5–6 gektar maydondagi hosilni yiğib olişga qodir. Kombaynning yana bir afzalligi, unga örnatilgan kompyuter yordamida pomidor maxsus transportyorlar orqali tegişli texnika vositasiga, iste'molga yaroqsiz qismi boşqa transportyor tasmalari orqali yönaltiriladi.
















