Afğoniston Islom Respublikasi Prezidentining birinçi örinbosari, Afğoniston Milliy islomiy harakati partiyasi raisi va Afğoniston turkiy millatlar rahbari, general Abduraşid Döstum «Tolibon» harakati jangarilari qöygan pistirmaga tuşib qolgan va jarohatlangan. Bu hodisa mamlakat şimolidagi Faryob viloyati hududida röy bergan. Bu ma'lumot Afğoniston boş vaziri Abdulla Abdulla tomonidan ham tasdiqlangan.
Khaama Press agentligi ma'lumotiga köra, general Döstum jangarilar nazoratidagi Gormaç tumaniga öz konvoyi bilan harakatlanayotganida pistirmaga duç kelgan. Qayd etilişiça, u yengil darajada jarohat olgan, uning hayotiga jiddiy xavf yöq.
Anadolu agentligi xabariga köra, tolibonlar hujumi oqibatida generalni qöriqlab borayotgan xavfsizlik xizmati xodimlaridan 15 nafari halok bölib, yana 20 kişi jarohatlangan. Döstumning özi aytişiça, u Faryobda «Tolibon»ga qarşi harbiy harakatlar holatini kuzatiş uçun borayotgandi.
2015 yilda ham general Döstum tolibonlarning pistirmasiga tuşib qolgandi.
2014 yilda Afğonistonning yangi prezidenti Aşraf Ğani Ahmadzay qasamyodidan söng ikki vitse-prezident − Abduraşid Döstum va Muhammad Sarvar Doniş «Afğonistonning milliy manfaatlari va hududiy yaxlitligini himoya qiliş» uçun tantanali qasamyod qilgandi.
Özbekiston Milliy Ensiklopediyasi ma'lumotlariga köra, Afğonistonda 3 millionga yaqin etnik özbeklar istiqomat qiladi. Ular puştunlar va tojiklar bilan birgalikda Afğonistonning eng yirik etnik guruhlaridan hisoblanadi.

















