Özbekiston Vazirlar Mahkamasi 2016 yil 7 oktabr kuni «Özbekiston Respublikasi fuqarolari, xorijiy fuqarolar va fuqaroligi bölmagan şaxslarning Toşkent şahri va Toşkent viloyatida doimiy röyxatda turiş tartibini yanada takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida»gi qarorni qabul qildi. Hujjat, Toşkent şahri va poytaxt viloyatida doimiy propiskani yanada takomillaştiriş maqsadida qabul qilingan, deya yozmoqda Uzdaily.uz sayti.

Mazkur qarorga muvofiq davlat hokimiyati organlari, davlat va xöjalik boşqaruvidagi organlar, respublika miqyosidagi boşqa davlat taşkilotlari rahbarlari öz xodimlarining Toşkent şahri va Toşkent viloyatiga doimiy röyxatga ötişlarini sörab murojaat qilişlariga ruxsat beriladi.  

Qarorga ilova qilingan röyxatda jami 59 taşkilot va kompaniyalar nomi keltirilgan. Prezident Apparati, Vazirlar Mahkamasi, Konstitutsion sud, Oliy sud, Oliy xöjalik sudi, Boş prokuratura, MXX, Markaziy bank, vazirliklar va davlat qömitalari, Toşkent şahri va viloyati hokimliklari, davlat uluşiga ega bölgan kompaniyalar şular jumlasidan. 

Xususan, «Özbekneftegaz» MXK, «Özbekenergo» AJ, «Özkimyosanoat» AJ, «Özbekiston temir yöllari» AJ, «Özavtosanoat» AK va boşqalarning xodimlari Toşkent şahri va Toşkent viloyatida doimiy röyxatdan ötiş imkoniyatiga ega bölişlari mumkin. 

1.    Özbekiston Respublikasi Prezidenti Apparati. 
2.    Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari. 
3.    Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi. 
4.    Özbekiston Respublikasi Konstitutsion sudi. 
5.    Özbekiston Respublikasi Oliy sudi. 
6.    Özbekiston Respublikasi Oliy xöjalik sudi. 
7.    Özbekiston Respublikasi Boş prokuraturasi. 
8.    Özbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati. 
9.    Markaziy saylov komissiyasi. 
10.    Özbekiston Respublikasi Markaziy banki. 
11.    Özbekiston Respublikasi Hisob palatasi. 
12.    Toşkent şahri hokimiyati. 
13.    Toşkent  viloyati hokimiyati. 
14.    Özbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi.