Nant universiteti (Fransiya) biologlari ispan grippining nima uçun köp qurbonlarni keltirib çiqarganini aniqlaşdi. Ma'lum bölişiça, bunga gemagglyutinindagi (virusning hujayralar bilan boğlaniş xususiyatini ta'minlovçi oqsil)  birgina aminokislotani özgartiruvçi mutatsiya sabab bölgan. Olimlar arXiv.org saytida çop etilgan maqolada öz xulosalari bilan bölişişdi. 

Tadqiqotçilar 1918 yilda vafot etgan kişining öpka töqima namunalarida joylaşgan virusdan ajralib çiqqan HA aminokislotalar ketma-ketligini tahlil qilib çiqişdi. Bu ketma-ketliklar Biotexnologik axborotlar milliy markazida (NCBI) mavjud bölgan ma'lumotlar bazasidagi boşqa ketma-ketliklar bilan taqqoslandi.

Ma'lumotlarga köra, 1918 yilgi gemagglyutinin boşqa oqsillardan 25 aminokislotasi bilan ajralib turadi. Ulardan biri - 188-vaziyatdagi glitsin - zararlangan hujayra yuzasiga ulanişni ta'minlovçi molekulaning asosiy hududida joylaşgan. Bunday xususiyat boşqa viruslarning HA molekulalarida kamdan-kam uçraydi, şuning uçun, olimlarning fikriça, aynan şu narsa "ispan grippi"ning halokatiga olib kelgan. 

Tadqiqotçilar gemagglyutininlardagi mutatsiyalar monitoringi viruslarning yangi halokatli turlarini aniqlaşga yordam berişiga umid qilişmoqda. 

"Ispan grippi" — 1918-1919 yillarda kuzatilgan gripp epidemiyasi. Olimlarning baholaşiça, öşanda 550 million kişi uşbu virus bilan kasallangan, ulardan 50-100 million nafari halok bölgan.