KXDR hukumati mobodo amerikaliklar Şimoliy Koreyaga qarşi yadroviy kuçlarini harakatga keltirgudek bölsa, AQŞga qarşi yadro zarba berilişidan ogohlantirdi. Bu haqda şimol koreyslarining Taşqi işlar vazirligi ma'lum qilgan.

«AQŞning yadroviy quroli bizning qirğoqlarimizga yaqin hududda joylaşgan. Ular bizning mamlakatimiz va bizning hurmatli rahbarimiz Kim Çen Inga xavf solib turibdi», — degan KXDR TIVning amerikaşunoslik böyiça bölimi direktori Li Yen Pi NBC telekanaliga bergan intervyusida.

U agar «amerikaliklarning yadroviy kuçlari Şimoliy Koreya tomon harakatlanişni boşlasa», KXDR tomonidan AQŞga yadroviy zarba berilişini ta'kidlagan.

KXDR Janubiy Koreyaning Sariq dengizdagi harakatlarini qoralagandi.

Pxenyandagilarning fikriça, Janubiy Koreya rasmiylari «KXDRni öz-özini himoya maqsadidagi javob harakatlariga undamoqda va bundan uning hududiga zarba beriş uçun foydalanişga umid qilmoqda».