Ruandaning sönggi qiroli Kigeli V 16 oktabr, yakşanba kuni AQŞda 81 yoşida vafot etdi. Bu haqida sobiq monaxning rasmiy saytiga asoslanib, "France press" xabar berdi.

Asl ismi Jan-Batist Ndaxindurva bölgan qirol 1959 yilda akasi Mutara III ölimidan keyin Ruanda taxtiga ötirgan. 1960 yilda Belgiya mustamlakasi ma'muriyati bilan töqnaşuvdan söng u mamlakatni tark etgan, bir yil ötib esa, mamlakatda monarxiya tuzumi bekor qilindi. 

Taxminan 20 yil bir neça Afrika davlatida yaşagan Kigeli V 1992 yilda Vaşington çekkasiga köçib ötdi. AQŞda u ruandalik qoçqinlarga yordam körsatiş maqsadida qirol Kigeli V xayriya fondini taşkil qildi. 

2013 yilda Ruanda sobiq qirolining Virjiniya ştatidagi imtiyozli turar-joyda yaşayotgani ma'lum böldi. Manbaga köra, u öz hayoti davomida bir neça marta vataniga faqatgina monarx sifatida qaytişga tayyor ekanligini ta'kidlagan.