Amerika maxsus xizmatlari sirlarini fosh qiluvchi Edvard Snouden WikiLeaks asoschisi, internet tarmog‘iga ulanish imkonidan mahrum etilgan Julian Assanjni qo‘llab-quvvatlashini bildirdi.
"Wikileaks yoki Assanj haqida qarash qanday bo‘lmasin, senzura muammoning yechimi bo‘la olmaydi", — deb yozgan Snouden Twitter tarmog‘idagi mikroblogida.
Ma'lumki, WikiLeaks internet-platformasi Ekvador Assanj internetini uzib qo‘yganini xabar qilgan edi. Saytda AQSh prezidentligiga Demokratik partiya nomzodi Hillari Klintonning Goldman Sachs korporatsiyasidagi nutqi e'lon qilingach, Assanjga nisbatan shunday chora ko‘rilgan.











