Sentyabr oyi oxirida Xitoy kibermakon boşqarmasi ijtimoiy tarmoqlarni «salbiy va pessimistik kayfiyatlarni haddan taşqari börttiradigan» va «tuşkunlik»ni ilgari suruvçi, masalan, «astoydil işlaş befoyda» kabi kontentdan tozalaş böyiça ikki oylik kampaniyani e’lon qildi. Kampaniya haqida The New York Times xabar berdi.

Oqibatda bir neçta taniqli blogerlarning akkauntlari bloklandi. Ular orasida minimalist hayot tarzini va martaba ambitsiyalaridan voz keçişni tarğib qilgan ikki bloger ham bor. Yana biri iqtisodiy jihatdan oqilona tanlov - uylanmaslik va farzand körmaslik, deb ta’kidlagani uçun jabr kördi. Şuningdek, Ğarbdagi hayot sifati Xitoyga qaraganda yuqori ekanidan şikoyat qilgan şarhlovçi ham bloklandi. Bloklangan blogerlarning ba’zilari ön millionlab auditoriyaga ega edi.

Xitoyning turli şaharlarida mahalliy hokimiyatning buyruği bilan ijtimoiy tarmoqlardagi şahar muhiti sifati va uy-joy narxidan şikoyat qiluvçi akkauntlar bloklanmoqda. Weibo ijtimoiy tarmoğida 1200 dan ortiq akkaunt mamlakat iqtisodiyoti va ijtimoiy sohasi holati haqida «miş-mişlar tarqatgani» uçun bloklandi.

Şuningdek, aktyor Yu Menlun ölimini muhokama qiliş ham çeklandi. Rasmiylarga köra, u tasodifan derazadan tuşib ketgan, biroq internetda bu öz joniga qasd qiliş bölgani haqidagi versiya maşhur: göyoki aktyor Xitoy şou-biznesidagi öta keskinlik, adolatsizlik va korrupsiyaga doş bera olmagan. Weibo ijtimoiy tarmoğida bunday versiyani tarqatgan bir yarim mingdan ortiq akkaunt bloklangan yoki öçirib taşlangan.

Bir neçta platformalarda Xu Çenfenning Xitoy jamiyatidagi qaşşoqlik va tengsizlik haqida gapirgan videolari bloklandi. Uşbu bloger Android sözini sifatga aylantirgani bilan maşhur. Dastlab bu «Apple odamlari» va «Android odamlari», ya’ni boylar va kambağallarni bir-biriga qarama-qarşi qöyiş edi. Endi xitoylik yoşlar uy-joyni «android» deb atamoqda.

Xitoyda kambağal oilalardan çiqqanlarning ijtimoiy harakatçanlik imkoniyatlari pastligi haqida gapiradigan va yozadiganlar ham senzuraga uçradi: tanişlari bölmasa, ular IT yoki moliya kabi nufuzli sohalarda martaba qila olmaydi.

Nihoyat, ular Xitoyda umidsizlik va ehtimol psixiatrik yordamning yetişmasligi tufayli sodir etilgan zöravonlik jinoyatlari haqidagi yangiliklarni muhokama qilişni ham çekladi. Gap, masalan, 2024 yilda önlab odamlar halok bölgan bir qator hujumlar haqida ketmoqda. Hujum qilganlar bir-biriga heç qanday boğliq bölmagan va turli usullardan (piçoq bilan hujum qiliş, maşinada olomonni urib yuboriş) foydalangan - ammo bu jinoyatlarda umumiy motiv bor edi: hayot istiqbollari yöqligi uçun «jamiyatdan öç oliş» istagi.