Ukrainaning "Allo" internet dökoni mijozlarga qora iPhone 7 qurilmasini bir grivnaga sotişga va'da berdi, buning evaziga ular ismlarini "Sim", familiyalarini esa "Ayfon"ga özgartirişlari kerak böladi. Mazkur aksiya haqida internet-dökonning saytida e'lon qilingan.
Manbaga köra, ismi va familiyasini aksiya şartida körsatilgandek özgartirganini tasdiqlovçi pasportni körsatgan ilk 5 nafar kişiga 1 grivinga yangi iPhone taqdim etiladi. Aktsiya iştirokçisi şubhasiz Ukraina fuqarosi bölişi şart, avval pasport bilan suratga tuşişi kerak, şundan söng "Allo" dökonining istalgan bölimiga kirib, hujjatning asl nusxasini körsatişi lozim.
Aktsiyaga 17 oktabr kuni start berildi, u beş iştirokçining hammasiga yangi qurilma topşirilgunga qadar davom etadi. Taşkilotçilar pasportni tekşiriş huquqiga egalar.
Apple kompaniyasining iPhone 7 va iPhone 7 Plus qurilmalari taqdimoti 7 sentabr kuni bölib ötgan. Yangi qurilma sotuvlari 16 sentabrdan yölga qöyilgan.












