AQŞ prezidentining maxsus vakili Stiv Uitkoff 3-noyabr, seşanba kuni X ijtimoiy tarmoğida muzokaralarning yangi raundi haqida maʼlum qildi.
Uning bildirişiça, uçraşuv işçi guruhlar darajasida ötkaziladi. Muzokaralar AQŞ prezidenti Donald Trampning Rossiyaning Ukrainaga qarşi uruşini tugatişga qaratilgan saʼy-harakatlari doirasida taşkil etilmoqda.
«Muhokamalar uruşdan keyingi xavfsizlik, keskinlikni pasaytiriş, gumanitar taşabbuslar va tinçlik sari keyingi qadamlarga qaratiladi», - deb yozdi Uitkoff.
Maxsus vakilning maʼlum qilişiça, amerikalik muzokaraçilar şu hafta Bryusselda Fransiya, Germaniya, Buyuk Britaniya, Yevropa Ittifoqi va NATO vakillari bilan ham uçraşadi.
Bryusseldagi muloqotda Ukraina uçun xavfsizlik kafolatlari, Yevropaning uruşdan keyingi xavfsizlik tizimi va Ukrainani tiklaşga iqtisodiy kömak beriş imkoniyatlari körib çiqiladi.
Uitkoff avvalgi uçraşuvlarda erişilgan natijalarni mustahkamlaşga umid bildirdi. Uning taʼkidlaşiça, maqsad kelajak avlodlar uçun uzoq muddatli xavfsizlikni taʼminlaydigan keng qamrovli va barqaror tinçlik kelişuviga erişişdir.
«Biz kelajak avlodlar uçun uzoq muddatli xavfsizlikni taʼminlaydigan keng qamrovli va barqaror tinçlik kelişuvi yölida Kiev, Oslo va Sankt-Peterburgda erişilgan natijalarni mustahkamlaşga umid qilyapmiz», - dedi u.
Oktabr oyida Uitkoff Osloda Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy bilan uçraşgan edi. Şundan söng u Sankt-Peterburgga borib, Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan muzokara ötkazdi.
DW xabarida qayd etilişiça, Rossiya va Ukraina örtasida AQŞ vositaçiligidagi avvalgi muzokaralar raundi 2026-yil fevral oyida bölib ötgan. Bu AQŞ va Isroilning Eronga qarşi uruşi boşlanişidan sal oldinga töğri kelgan.












