Acer yangi mahsuloti 13 mm qalinlikka ega bölib, afsonaviy MacBook Air'ni ortda qoldirdi.

Acer kompaniyasi qalinligi bor-yöği 13 millimetr bölgan dunyodagi eng ingiçka Swift 7 noutbukini işlab çiqarişni boşladi. Kompaniya qurilmaning qalinligini qisqartiriş uçun deyarli barça standart portlarni olib taşlagan. 

Noutbukda 1920×1080 piksel imkoniyatiga ega diagonali 13,3 dyuym bölgan displey örnatilgan. Şuningdek, u 8 GB operativ xotira va 256 GB doimiy xotiraga ega.

Swift 7  Windows 10 boşqaruvi ostida işlaydi va Kaby Lake avlodining yangi Core i5 protsessori bilan jihozlangan.

Foto: Acer

Uning boşqa xususiyatlari -  300-950 MGts çastotali Intel HD 615 grafik protsessori, 1280 x 720 pikselli  veb-kamera,  802.11ac MU-MIMO Wi-Fi çipi va Bluetooth 4.0 texnologiyasi.

Işlab çiqaruvçilarning sözlariga köra, 2770 mAç akkumulyator siğimi  9 soat tinimsiz iş qilişga yetadi.

Ayni damda qurilmaning faqat birgina rangi mavjud - qora korpus va tillarangli içki dizayn.

Foto: Acer
Foto: Acer