Kaliforniyalik muxbirlar aktrisa Anjyelina Jolini turmuş örtoği Bred Pitt bilan ajralişi haqidagi xabardan söng ilk marta suratga olişga muvaffaq bölişdi. Bu haqida ET Online xabar qiladi.

Aktrisani Tinç okeani qirğoğida joylaşgan yangi turar-joyni közdan keçirayotgan mahal Malibu (Los-Anjyeles okrugi) şahrida suratga olişgan. Uyda u bir soatdan ortiq vaqt bölgan.

41 yoşli aktrisaning yonida katta öğli Meddoksdan taşqari barça farzandlari bölgan. Ular plyaj böylab, enaga nazorati ostida öynaşgan. Muxbirlar fikriça, ular juda «baxtiyor va  hayotdan mamnun» körinişgan. Kuzatuvçilar fikriga köra, Jolining özi ham «juda baxtli va xotirjam» kayfiyatda edi.

Eslatib ötamiz, ajrim haqidagi xabarlardan söng 52 yoşli Pittni omma oldida uçratişmagan. Ma'lum bölişiça, sobiq er-xotin muddati 20 oktabr kuni tugaydigan bolalar ustidan vasiylik böyiça vaqtinçalik kelişuvga erişişgan. Hujjatga muvofiq, bolalar onasiga topşirilgan, otaga esa bir marotaba uçraşiş ruxsat berilgan. Ularning keyingi hayoti sudda ma'lum böladi. Aktyorlar advokatlar orqali sözlaşişmoqda va ikkisi ham psixoterapevtga murojaat qilgan.