Mirzo Uluğbek nomidagi Özbekiston Milliy universitetiga Toşkent davlat Texnika universiteti texnika fanlari doktori, professori Maraximov Avazjon Raximoviç rektor etib tayinlandi. Bu haqda Milliy universitet rasmiy saytida ma'lum qilingan.

Avazjon Marahimov öz faoliyati davomida Oliy va örta maxsus ta'lim vaziri örinbosari, 2010 yil 2 martida Prezident qarori bilan Xalq ta'limi vaziri bölgan.

U 2011 yilning 30 iyunida lavozimidan ozod etilgandi.

Maraximov sönggi bor Toşkent davlat texnika universiteti "Elektronika va avtomatika" fakulteti "Boşqarişda axborot texnologiyalari" kafedrasi professori lavozimida faoliyat körsatgan.

Qayd etiş kerakki, keyingi 1,5 yil içida universitetda uçinçi bor rektor özgarmoqda. 

2015 yilning yozida Muhamedov Ğofurjon Isroiloviç örniga universitetning öquv işlari böyiça prorektori lavozimida işlab kelgan Sirojiddinov Şuhrat Samariddinoviç universitetga rahbar bölgandi.

2016 yilning mayida esa Fizika-matematika fanlari doktori, professor Abdurahim Abduşukurov universitetning yangi rektori bölgandi.