«Real» hujumçisi Kriştianu Ronaldu ijtimoiy tarmoqdagi sahifasiga buddaviylik diniga e'tiqod qiluvçi kişilarni haqoratlovçi post qöydi.

Bu suratda futbolçi budda haykaliga oyoq tirab turadi. U surat ostiga şunday yozgan: «Xayrli tong».

Buddizm dini vakillari bölgan minglab kişilar portugaliyalik futbolçining bu harakatidan norozi bölişmoqda.

«Bu hurmatsizlik… Qanday qilib sen Buddaning ustiga oyoq qöyding? Men Kriştianu bu darajada ahmoq deb öylamagandim. Bugun sen öz muxlislaringdan birini yöqotding»,  deya surat ostiga fikr yozgan foydalanuvçilardan biri.

«Senda odobsizsan. Bu Buddaning haykali. Qanday qilding buni…», deya izoh yozgan boşqa bir foydalanuvçi.

«Bu Buddaning haykali. U buddaviylarning ilohi. Ozgina bölsa ham hurmat qiliş kerak edi. Xunuk iş. Sen buni tuşunib yetasan degan umiddaman CR7», degan surat ostiga yozganlardan yana biri.

Surat yuklanganidan hozirgaça, unga 30 mingga yaqin izoh yozilgan hamda 1 millionga yaqin "layk" bosilgan.