Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 12 noyabrda qabul qilingan “Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarni Özbekiston Respublikasi hududiga olib kiriş, undan olib çiqiş va tranzit tarzida ötkaziş tartibini, şuningdek ularning muomalada bölişi yuzasidan nazoratni takomillaştiriş töğrisida”gi qarori bilan bojxona çegarasidan olib ötilişi, muomalaga kiritilişi taqiqlangan va çeklangan giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlar röyxatlari tasdiqlangan.

Dori vositalari va tibbiy buyumlarni jismoniy şaxslar tomonidan şaxsiy foydalaniş uçun olib kiriş hamda olib çiqiş tartibi töğrisidagi Nizomga (Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 8 iyundagi 191-son qarori bilan tasdiqlangan) köra giyohvandlik vositalarini 7 sutkalik ehtiyojdan ortiq bölmagan miqdorda olib kirişga yaşaş yoki böliş mamlakatining tibbiyot muassasasi tomonidan berilgan, davolaş kursining tavsiya etiladigan soni körsatilgan hujjatlar mavjud bölganda ruxsat beriladi, deya oydinlik kiritiladi Özbekiston Bojxona qömitasi saytida e'lon qilingan maqolada. 

Jismoniy şaxslar tomonidan şaxsiy foydalaniş uçun psixotrop moddalarni yaşaş yoki böliş mamlakatining tibbiyot muassasasi tomonidan berilgan hujjat taqdim etilmasdan turli nomdagi 5 tagaça davolaş preparatlarini va ulardan har birining ikkitadan ortiq bölmagan öramini davolaş kursi doirasida olib kiriş va olib çiqişda ruxsat beriladi.

Ötkaziş punktlarida bojxona çegarasini kesib ötişda jismoniy şaxslar ularda giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar borligini yölovçi bojxona deklaratsiyasida qayd etişlari şart, bunda giyohvandlik vositalari uçun — bojxona organiga jismoniy şaxsning yaşaş yoki böliş mamlakati tibbiyot muassasasi tomonidan berilgan, dori vositasining nomi, uning dori şakli va davolaş kursining tavsiya etiladigan soni körsatilgan hujjat taqdim etilişi kerak.

Afsuski, mazkur talablarga rioya qilmasdan turib, tarkibida giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar bölgan dori vositalarini respublikamiz hududiga olib kirişga urinişlar közga taşlanmoqda. Respublikamiz bojxonaçilar tomonidan mazkur urinişlarning oldi olinmoqda.

Jumladan, Moskvadan uçib kelgan quvalik N.Zohidovaning (maqoladagi barça ism şariflar özgartirilgan) qöl yuklari Andijon aeroportida bojxonaçilar tomonidan közdan keçirilganda, u bojxona nazoratidan yaşirin ravişda 90 dona “Fenezepam” psixotrop tabletkalarini olib kirişga uringani foş böldi.

Surxondaryo viloyati “Sariosiyo” çegara-bojxona posti orqali qöşni davlatdan kirib kelgan piyodalardan biri, xorijiy davlat fuqarosi P.Stefan respublikamizga kirib kelar ekan, unga tegişli qöl yuklari bojxona nazoratidan ötkazilganda, bu şaxs “Fenazepam”, “Diazepam” kabi 4 turdagi 121 dona psixotrop tabletkalarni noqonuniy ravişda olib kirişga uringan ekan.