Paramount Pictures kinostudiyasi Piter Guralnikning "Sem Fillips: Rok-n-rollni yaratgan kishi" asarini ekranga ko‘chirish huquqini qo‘lga kiritdi. Ekranizatsiyadagi bosh rolni aktyor Leonardo Di Kaprio ijro etadigan bo‘ldi. Bu haqida Deadline nashri ma'lum qildi. 

Fillips – Memfisdagi Sun Studio'da ishlagan musiqiy prodyuser. U 1950-yillarda Elvis Presli, Jonni Kesh, Jyerri Li Lyuis va Karl Perkins kabi artistlarni yulduz qilishda yordam bergan. 

Di Kaprio bu loyihada nafaqat aktyor, balki prodyuserlardan biri sifatida ham ishtirok etadi. Yana bir prodyuser esa - The Rolling Stones guruhi ishtirokchisi Mik Jagger. Loyiha  bilan Appian Way shug‘ullanadi.