Moliyaviy oʻsish raqamlarda

2026-yilning yanvar-sentabr oylarida Octobank foydasi 266,36 mlrd soʻmni tashkil etdi, bu oʻtgan yilning shu davriga nisbatan 57,53% ga koʻp. 1-oktabr holatiga koʻra, aktivlar oʻtgan yilning shu davriga nisbatan 178,87 %ga oshib, 14,62 trln soʻmga yetdi.

Kredit portfeli 104,56%ga oshib, 832,68 mlrd soʻmni, xususiy kapital 38,93%ga oshib, 1,30 trln soʻmni tashkil etdi. Majburiyatlar hajmi 4,31 trln soʻmdan 13,32 trln soʻmgacha oshdi - oʻsish 209,21 %. Kapital rentabelligi (ROE) 27,4%, ustav kapitali 500 mlrd soʻmni tashkil etdi. Sof foizli daromad 439,39 mlrd soʻmga yetdi, mijozlar bazasi 3,66 mln kishidan oshdi, xodimlar soni esa 487 kishini tashkil etdi.

Mijozlar uchun yangi bank mahsulotlari va zamonaviy toʻlov yechimlari

III chorakda Octobank uchta kredit dasturini taqdim etdi: uy-joy sotib olish uchun «Ipoteka», yangi avtomobillar uchun «Avtokredit 1.0» va ishlatilgan avtomobillar uchun «Avtokredit 2.0» dasturlari.