Pekinda Samsung kompaniyasi özining 6 Gb operativ xotiraga ega ilk smartfonini namoyiş qildi. Bu haqida kompaniyaning rasmiy saytida ma'lum qilindi. 

Galaxy C9 Pro qurilmasining texnik xususiyatlariga keladigan bölsak, u 8 yadroli Snapdragon 653 protsessori, Adreno 510 grafik tezlatgiçi va 6 Gb operativ xotira bilan ta'minlangan. 

Yangi smartfonning 6 dyuymli ekrani, şuningdek 16 megapikselli kamera kompaniyaning qolgan qurilmalari fonida biroz özgaça körinadi. Bu yil Seulda odatiy sensorlardan voz keçişga qaror qilindi va ularning örniga 13 Mp'li matritsalar qöllandi. Manbaga köra, u  Galaxy S6 yoki  Galaxy Note 5 darajasida tasvirga olişga qodir.

Taqdimotda Cirrus Logic kompaniyasining smartfonga integratsiyalaştirilgan DAC'iga alohida e'tibor qaratişdi. Işlab çiqaruvçi u tufayli smartfon öz egasini sifatli tovuş tizimi bilan xursand qilişiga işonç bildirdi. 

Samsung Galaxy C9 Pro smartfonining çakana narxi taxminan 470 AQŞ dollarini taşkil qiladi. Yangi qurilma sotuvlari 11 noyabrda yölga qöyiladi, lekin hozirça faqat Xitoyda.