Google'ning mobil operatsion tizimi önlab foydali va qulay işoralarga ega. Ularning ba'zilarini bilmasdan ötkazib yuborişimiz heç gapmas. "Layfxaker" biz hatto taxmin ham qilmagan bir neça Android-işoralarni jamlab, ular haqida ma'lumot ulaşdi.
Quyida keltirilgan barça funksiyalar Android 6 Marshmallow'da sinovdan ötgan. Operatsion tizimning boşqa versiyalarida yoki HTC Sense va Samsung TouchWiz kabilarda ba'zi işoralar boşqaça işlaşi mumkin yoki umuman işlamasligi ehtimoli bor.
1. Ekran çegaralaridan ikkilamçi svayp: sozlamalar panelining töliq kengaytmasi
Ekran çegarasining standart svaypi faqat xabarlarni körsatadi. Yuqori panelni töliq tuşiriş va tizimning tezkor sozlamalariga kiriş uçun bir svayp (harakat, siljitiş) amalga oşiriladi. Biroq siz bu ikki işorani bitta bilan almaştirişingiz mumkin - xuddi şunday svaypni amalga oşirasiz, lekin bu safar - ikki barmoqda. Bunday ikkilamçi svayp panelni töliq tuşiradi va barça tezkor sozlamalarga kiriş imkonini beradi.

2. Xabarga uzoq bosib turiş: dastur sozlamalariga tez kiriş
Agar biror bir dastur muntazam ravişda xabar yuboraversa, ularni kamaytiriş yoki şunçaki öçirib qöyiş istagi tuğiladi. Buning uçun ilovani oçib, kerakli sozlamalarni qidiriş kerak böladi. Biroq şunçaki xabarga bosib, barmoğingizni bir neça soniya bosib tursangiz - kerakli sozlamalarga tez kiriş tugmasi paydo böladi.

3. Manzil satri böylab gorizontal svayplar: Chrome yorliqlarini sahifalaş
Chrome yorliqlarining biridan ikkinçisiga ötiş uçun avval yorliqlar miqdorini anglatuvçi raqamga bosiş kerak, şundan söng ulardan keraklisini tanlab oliş lozim. Biroq bir yorliqdan boşqasiga ötişning qulay yöli bor. Buning uçun barmoqlar yordamida manzil satri böylab svayplarni öngga yoki çapga amalga oşirişning özi yetarli.

4. Öçiriş tugmasini uzoq bosib turiş: xavfsiz rejimga ötiş

















