Amerikaning Twitter ijtimoiy tarmoği özining Xitoydagi kloni Weibo tarmoğidan «kutilmaganda» arzonlaşdi, deb xabar qilmoqda Tech In Asia.

Mikrobloglar xizmatiga 2006 yilda AQŞda asos solingan bölib, Xitoyda unga öxşaş xizmat 2009 yildan işlay boşlagandi. Ayni vaqtda, Weibo tarmoğining bozor kapitallaşuvi 11,35 mlrd dollarni, Twitter bozor narxi 11,34 mlrd dollarni taşkil etmoqda. 

Naşrning yozişiça, ayni vaqtda Twitter «erkin qulaş» holatidadir, çunki u foydalanuvçilari sonini oşira olmayapti. Sönggi 12 oy mobaynida ijtimoiy tarmoq oyiga 5 mln faol foydalanuvçisini yöqotgan. Bugungi kunga kelib, unda 313 mln kişi bor. 

Weibo, aksinça, ösişda davom etayapti. Uning foydalanuvçilari soni 282 mlnga yetadi, şundan sönggi bir yilda a'zo bölganlar soni 70 mln kişini taşkil etadi. 

Avvalroq, Salesforce kompaniyasi Twitter ijtimoiy tarmoğini xarid qilişdan boş tortgani xabar qilingan edi.