Yangi avlod smartfonlarning supersiğimli batareyalari aksariyat işlab çiqaruvçilarning faxrlanişiga sabab bölib, marketingdagi muhim ustunlik hisoblanadi. Biroq aslida bunday akkumulyatorlarda yaşirin tahdid mavjud - sönggi paytlarda telefon batareyalarining portlaş holatlari köpayib bormoqda, bundan heç kim "suğurtalanmagan". Trendymen.ru batareyalar nima uçun portlaşi hamda qanday qilib buning oldini oliş mumkinligi haqida ma'lumot berdi. 

Foto: trendymen.ru

Akkumulyator nima?

Batareyalar kimyoviy energiyaga möljallangan kiçik konteynerlar hisoblanadi. Akkumulyatorning işlaş tamoyili elektronlarning salbiy anoddan katodga ötişiga asoslanadi. Batareya zaryadlanganidan keyin smartfon işlaşi uçun energiya beruvçi elektronlarning harakatlaniş jarayoni boşlanadi. Bu jarayon batareya içidagi barça elektronlar anoddan katodga ötib olmaguniça davom etadi. 

Foto: trendymen.ru

Batareya nimadan yasalgan?

Odatiy batareyalarning içida ijobiy ionlar harakati amalga oşuvçi kimyoviy muhit - anod, katod va elektrolit mavjud. Aksariyat smartfon va planşetlarda qöllanuvçi litiy-ion batareyalar özida kobalt, nikel, marganets, grafit, şuningdek elektrolitning litiy tuzlari kabi moddalarni mujassam qilgan. Akkumulyator faoliyatining kimyoviy asosi - ijobiy ionlarning muntazam ravişda elektrolitlar orqali salbiy qutbdan ijobiy tomonga harakatlaniş jarayoni. Şu tufayli batareya faol işlaş vaqtida akkumulyator içidagi kimyoviy jarayonlar hisobiga haddan ziyod qizib ketişi mumkin.

Foto: trendymen.ru

Nima uçun batareyalar tez tugab qoladi?

Batareyaning işlaş tamoyili oddiy bölişi mumkin, lekin buning uçun kerak böladigan texnologiyalar u qadar oddiy emas. Batareyalarning işlaş vaqtini çeklovçi asosiy omil energiya ziçligi hisoblanadi. Akkumulyatorning kimyoviy komponentlari qança energiya töplasa, u şunça elektr energiyasini işlab çiqarişi mumkin. Batareya içidagi nofaol materiallar - "ölik yuk" hisoblanadi. Batareya korpusi, nazoratçi çiplar va simlar şular jumlasidandir. Ular akkumulyatorlarga vazn qöşadi, ammo uning samardorligini oşirmaydi. Zamonaviy texnologiyalarni inobatga olganda, smartfon batareyasining xizmat vaqtini uzaytirişning yagona usuli - smartfon elektronikasining energetik samaradorligini oşiriş va batareya hajmini kattalaştiriş hisoblanadi, lekin yengillik tendensiyasi işlab çiqaruvçilarni zaryadsiz bir kundan ortiq işlay olmaydigan ingiçka batareyalarni qöllaşga majbur qiladi.