Twitter kompaniyasi xodimlarining 8 foizini işdan böşatiş bilan keng qamrovli qisqartirişlarni amalga oşirmoqçi. Bu haqda Bloomberg agentligi öz manbalariga asoslangan holda xabar qilmoqda.
Unga köra, Twitter xodimlarining 8 foizi yoki 300 nafarini vazifasidan ozod etmoqçi. Manbaning sözlariga köra, kompaniyada bu qadar keng qamrovli qisqartiriş ötgan yili kompaniya rahbarligini uning asosçisi Jyek Dorsi olganidan söng ötkazilgan edi.
Xabar qilinişiça, uşbu masala muhokama qilinayotgani bois, işdan böşatiluvçi xodimlar soni özgarişi ham mumkin. Rasmiy ma'lumot esa, Twitter joriy yil uçinçi çoragiga oid moliyaviy hisoboti arafasida e'lon qilinişi kutilmoqda.
Avvalroq, Twitter Xitoydagi kloni Weibo ijtimoiy tarmoğidan arzonlaşgani aytilgandi.












