Xitoy huquq-tartibot idoralari "Tulki ovi —2016" kampaniyasi doirasida şu paytgaça 634 nafar qoçqin poraxörni qölga oldi, deb xabar qilmoqda XXR jamoat xavfsizligi vazirligi. Maxsus amaliyot şu yilning may oyida boşlangan edi. 

Xabarlarga köra, ayni vaqtda 634 nafar qoçqin mulozim dunyoning 67 mamlakati va mintaqasida uşlangan, ulardan 16 nafari eng jiddiy qidirilayotgan 100 jinoyatçi röyxatida bölgan. Hibsga olinganlarning 205 nafari 10 mln yuandan ortiq (1,5 mln AQŞ dollariga yaqin) mablağga oid jinoyat işlarida söroq qilinmoqda. Yana 59 kişi  100 million yuandan ortiq (15 million dollarga yaqin) mablağga oid işlarga aloqadorligi gumon qilinayapti. Korrupsiyada ayblanayotganlarning 48 nafari 5 yildan köproq vaqtdan beri mahkamadan qoçib yurgan, 17 kişi 10 yildan ortiq vaqtdan beri yaşirinib yurganiga oydinlik kiritilgan. 

Avvalroq, XXR jamoat xavfsizligi vaziri örinbosari Men Tsinfen, mamlakatdan noqonuniy olib çiqilgan mablağlarni qaytariş muhim vazifa ekanini aytgan edi. 

Sinxua agentligining xabariga köra, "Tulki ovi-2015" kampaniyasi doirasida XXR hukumati 857 nafar qoçqin poraxör mulozimni mamlakatga qaytarişning uddasidan çiqqan.