France Football naşri «Oltin töp» mukofotiga da'vogar futbolçilarning navbatdagi beşligini e'lon qildi.
Endilikda Lionel Messi («Barselona»), Luka Modriç («Real»), Tomas Myuller («Bavariya»), Ugo Loris («Tottenhem»), va Riyoz Mahrez («Lester») ham uşbu mukofot uçun da'vogarlar qatorida.
Bungaça Serxio Aguero («Mançester Siti»), Per-Emerik Obameyang («Borussiya» Dortmund), Garet Beyl («Real»), Janluidji Buffon («Yuventus»), Kriştianu Ronaldu («Real»), Kevin de Bryuyne («Mançester Siti»), Paulo Dibala («Yuventus»), Diyego Godin, Antuan Grizmann (oba – «Atletiko»), Gonsalo Iguain («Yuventus» / «Napoli»), Zlatan Ibrahimoviç («Mançester Yunayted»), Andres Inesta («Barselona»), Koke («Atletiko»), Toni Kroos («Real»), Robert Levandovski («Bavariya») kabi futbolçilar mukofot uçun da'vogarlar sifatida ma'lum bölgandi.
Yana 10 nafar futbolçi nomi kun davomida ma'lum qilinadi.
Bundan oldinroq FIFA va France Football «Oltin töp» egasini aniqlaş va taqdirlaş böyiça 5 yillik kelişuv muddati tugaganini ma'lum qilgandi. Jurnal 1956 yildan 2009 yilgaça jurnalistlarning ovoz berişlari orqali ğolibni aniqlagandi. 2010 yildan buyon esa mukofot FIFA tomonidan topşiriladigan böldi. Bu holatda individual mukofot ğolibini aniqlaşda OAV vakillaridan taşqari butun dunyodagi terma jamoalarning boş murabbiylari hamda terma jamoalarning sardorlari iştirok etişi joriy qilindi.













