Urugvayning sobiq prezidenti Xorxe Batle 89 yoşga tölişiga bir kun qolganida olamdan ötdi. Bu haqda sobiq davlat rahbari yotqizilgan "Santo amerikano" şifoxonasi vakillari ma'lum qilişgan.
"Afsuslar bölsinki, tibbiyot xodimlari körgan çora-tadbirlar yetarli bölmadi va klinik kartinada özgarişlar yuz bermadi. Bir neça kun oldin şifoxonaga keltirilgan doktor Batle öziga kelmasdan vafot etdi", degan manba.
Ma'lum qilinişiça, marhum 13 oktabr kuni yiqilib jiddiy jarohat olişi oqibatida şifoxonaga olib kelingandi.
Xorxe Batle öngmarkazçilar partiyasi bölmiş "Kolorado" namoyondasi sifatida 2000-2005 yillarda mamlakatni boşqargandi. 2002 yilda uning taşabbusi bilan Urugvay va Kuba munosabatlari uzilgan. Bundan taşqari, uning boşqaruvi Janubiy Amerikada tarixidagi eng jiddiy iqtisodiy inqiroz davriga töğri kelgandi.

















