Xitoylik muhandislar ötkazgan sinovlarda Unitree G1 androidi past tösiqdan ömbaloq oşib, şuningdek, tizzasiga tayanib oşib ötdi.
Buning uçun Tsinxua universiteti muhandislari robotlarga butun tanasidan foydalangan holda akrobatik harakatlarni bajariş imkonini beruvçi boşqaruv tizimini işlab çiqdilar. Ular inson harakatlarini yozib olib, tösiqlar geometriyasini lidar orqali skanerlab ma’lumotlar töplamini yaratdilar hamda Unitree G1 harakatiga moslaştirdilar.
Bu vizual ma’lumotlarga asoslanib real vaqt rejimida harakatni muhitga moslagan holda amalga oşiradigan neyrotarmoqni yaratişga asos böldi.
Tizim Intel RealSense kamerasi bilan jihozlangan Unitree G1 androidida sinovdan ötkazildi. Robot neyrotarmoq orqali örgangan harakatlari asosida tizzasiga tayanib tösiqdan oşib ötiş, tösiqdan ömbaloq oşib sakrab ötiş, gavdasiga tayangan holda tösiq ustidan ötiş kabi amallarni muvaffaqiyatli bajardi. Tösiq sifatida ölçami 0,5 × 0,6 × 0,4 metr bölgan yoğoç qutidan foydalanildi.
Sinovlar robot muhitga muvaffaqiyatli moslaşa olişini körsatdi.











