Jamiyat | 00:08 / 26.10.2016
8051
1 daqiqa o‘qiladi

Britaniyalik o‘zining bolalikdagi aqchadonida 300 ming dollarlik tanga topib oldi

Foto: © Boningtons/BNPS

Britaniyalik o‘zining bolalikdagi tangalar kolleksiyasida Queen Anne Vigo deb nomlangan 300 ming dollarlik tanga topib oldi, deb xabar bermoqda Daily Mail.

35 yoshli xartfordshirlik erkak o‘z o‘g‘liga aqchadonni – unga bobosi bir paytlar sovg‘a qilgan tangalar solingan qopchali sandiqchani bermoqchi bo‘lgan.

Qopchadagi bir necha antiqa tanga erkakning diqqatini tortgan va u tangalarni mutaxassisga ko‘rsatishga qaror qilgan.

Auktsionchi oltin tangani ko‘zdan kechirib, uning narxi chorak million funt sterling turishini ma'lum qilgan.

Erkakning aytishicha, uning bobosi ko‘p sayohat qilgan va qaroqchilar o‘yini uchun mo‘ljallangan "xazinalar" qopchasini sovg‘a qilib qoldirgan.

1703 yilga mansub bu tangadan dunyoda bor-yo‘g‘i 20 ta yaratilgan (42 gramm sof oltin). 

Noyob tanga egasi uni 16 noyabrdagi auksionda sotmoqchi.

 

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish