Prezident matbuot xizmati maʼlumotiga köra, taşrif Turkmaniston prezidenti Serdar Berdimuhamedovning taklifiga binoan amalga oşiriladi.
Maslahat uçraşuvida siyosiy-diplomatik hamkorlikni mustahkamlaş, savdo-iqtisodiy aloqalarni çuqurlaştiriş va energetika sohasidagi şeriklikni kengaytiriş masalalari muhokama qilinadi.
Şuningdek, atrof-muhitni muhofaza qiliş, iqlim özgarişiga moslaşiş böyiça qöşma çoralar, madaniyat, taʼlim, ilm-fan va yoşlar örtasidagi aloqalarni rivojlantiriş kun tartibidan örin olgan.
Davlat rahbarlari mintaqaviy va xalqaro masalalar, tinçlik, barqarorlik hamda xavfsizlikni taʼminlaşga oid ustuvor vazifalar yuzasidan ham fikr almaşadi.
MDH davlat rahbarlari kengaşi yiğilişida Hamdöstlik doirasidagi köp tomonlama hamkorlik natijalari sarhisob qilinib, uni rivojlantiriş istiqbollari körib çiqiladi. MDH taşkil etilganining 35 yilligini nişonlaşga alohida eʼtibor qaratiladi.
Tadbirlar yakunida qöşma hujjatlar töplamini qabul qiliş közda tutilgan. Taşrif davomida qator ikki tomonlama uçraşuvlar ötkaziş ham rejalaştirilgan.

















