Toşkent davlat texnika universiteti talabalari Kun.uz'ga murojaat bilan çiqdi. Ular universitet huzurida qurilgan davlat-xususiy şeriklik asosidagi talabalar yotoqxonasida yaşab kelişgan va yotoqxona uçun tölovni amalga oşirişgan. Lekin 5-oktabr kuni talabalarga yotoqxonani böşatiş buyurilgan, 6-oktabr keçki payt esa 300 nafar talaba binodan çiqarib yuborilgan. Köçaga haydalganlar orasida qizlar ham bor.

“Biz viloyatdan kelib öqiymiz. Yotoqxona uçun pulni oldindan tölaganmiz. Lekin keça bizga yotoqxonani bir kun içida böşatiş haqida aytildi. 6-oktabrda esa hamma talabani çiqarib yuborişdi. Bu yotoqxona davlat-xususiy şeriklik asosida taşkil etilgani, lekin hali litsenziya olmagani aytildi. Yotoqxona uçun pulni tölagan bölsak, endi qayerga borişimizni söraganimizda, “bizga tepadan buyruq berilgan”, deyişdi.

Keç soatda taxminan 300 nafar talabani çiqarib yuborişdi. Universitet prorektori, prokuratura xodimi va uçastka inspektori kelib, yotoqxonani böşatişimiz kerakligini aytdi. Biz “borib turadigan joyimiz yöq, köçada qolamizmi?” deb söradik. Ammo aniq yeçim taklif qilinmadi. Puli borlar hostelga, tanişi borlar tanişinikiga ketdi. Oramizda qizlar bor, ular qayerga boradi tunda?

Biz pul tölaganmiz. Agar yotoqxonaning litsenziyasi bölmagan bölsa, bu masala nega talabalar joylaştirilib, ulardan pul olingandan keyin aniqlanyapti? Endi biz qayerda yaşaymiz, tölagan pulimiz nima böladi?

Bu masalani Oliy taʼlim vazirligi orqali hal qilişga harakat qildik. Ammo ular bu masalani hal qila olmasligini, litsenziya bölmasa, buni içki işlar organlari hal qilişini aytdi. Biz esa hozir qayerga borişimizni bilmaymiz”, – deydi talabalar.

Kun.uz holat yuzasidan Taʼlim va ilm-fan vazirligi bilan boğlandi. Vazirlik quyidagiça izoh berdi:

“Toşkent şahri Talabalar şaharçasida Toşkent davlat texnika universiteti bilan davlat-xususiy şeriklik asosida qurilgan talabalar turar joyi hozirça rasman foydalanişga topşirilmagan.

Mazkur obyektning kadastr hujjatlari hali rasmiylaştirilmagan hamda undan foydalaniş uçun zarur tegişli ruxsatlar olinmagan. Şu sababli obyektga talabalarni rasmiy tartibda joylaştiriş imkoni mavjud emas.

Amaldagi tartibga köra, talabalar turar joyiga joylaşiş uçun talaba Davlat xizmatlari markazlari yoki my.gov.uz portali orqali ariza topşiradi hamda belgilangan tartibda yöllanma olganidan söng turar joyga joylaştiriladi. Biroq tadbirkor tomonidan mazkur obyektda ayrim talabalar belgilangan tartibga rioya etilmagan holda, tegişli yöllanmasiz joylaştirilgani aniqlandi.