Joriy yilning 25 oktabrida e'lon qilingan Jahon bankining «Biznesni yuritiş 2017: boşqaruv sifatini va samaradorligini baholaş» hisobotiga köra, Özbekiston dunyoning 190 davlati içida 87-örinni egallab, ötgan yildagi mavqeini saqlab qoldi. Jahon banki ekspertlari hisobotning 10 indikatoridan 5 tasida Özbekiston pozitsiyasini yaxşilagan.
Tadbirkorlik sub'yektlarini internet tarmoği orqali davlat röyxatidan ötkazişning soddalaştirilgan tartibini amaliyotga joriy etiş va «yagona darça» tizimini yanada takomillaştiriş tufayli korxonani röyxatdan ötkaziş böyiça sezilarli ösiş qayd etildi (25-örin, 17 poğonaga ösdi).
Ta'kidlab ötiş kerakki, sönggi yillarda biznesni taşkil etiş tartib-taomillarini tubdan soddalaştiriş böyiça olib borilayotgan tizimli islohotlar natijasida bugun Özbekistonda odamlar öz biznesini oçiş uçun Şveytsariyadagidan – 1,8 marta, Germaniyadagidan – 1,9 marta, Yaponiya va Rossiyadagidan – 2 marta, Isroildagidan – 2,2 marta, Gretsiya va Ispaniyadagidan – 2,3 marta, Hindistondagidan – 4,7 marta, Xitoydagidan – 5,5 marta va Braziliyadagidan – 14,5 marotaba kam vaqt sarflamoqda.
Reytingdagi yana bir muhim yaxşi körsatkiç elektr tarmoğiga ulaniş yönalişi böyiça qayd etildi (83-örin, 29 poğona yuqori), bu elektr energiyasini yetkazib beriş barqarorligining ösişi va elektr energiyasiga bölgan tariflarni şakllantirişning oçiq-oşkoraligi bilan boğliqdir.
Zamonaviy korporativ boşqaruv usullarini joriy etiş, aksiyadorlar huquqlari va rolini oşiriş böyiça keng kölamli islohotlar «Minoritar investorlarni himoyalaş» körsatkiçi böyiça Özbekiston reytingining sezilarli darajada yaxşilanişiga hissa qöşdi (70-örin, 18 poğonaga ösiş).
2016 yil 1 yanvardan boşlab tadbirkorlik sub'yektlariga «yagona darça» tamoyili böyiça davlat xizmatlari körsatiş yagona markazlari faoliyatini taşkil etiş va tadbirkorlarni jalb etmagan holda vakolatli organlar örtasida özaro elektron axborot almaşinuvi tizimini yanada takomillaştiriş evaziga mulkni röyxatga oliş böyiça Özbekiston reytingi yaxşilandi (75-örin, 12 poğona yuqori).
Tanlov asosida yer uçastkalarini ajratişning yangi mexanizmining joriy etilişi va qurilişga ruxsat beriş sohasidagi qonunçilikni izçil takomillaştirib borilişi bu yönalişda ham Özbekiston reytingini yanada yaxşilaş imkonini berdi (147-örin, + 4 pozitsiya).
Yangi hisobotga muvofiq, tadbirkorlar uçun soliq yuki darajasi 38,1 foizni taşkil etib, bu AQŞ, Germaniya, Fransiya, Italiya, Avstriya, Çexiya, Ispaniya, Gretsiya, Yaponiya, Xitoy, Hindiston, Rossiya va şu kabi qator mamlakatlar körsatkiçidan ança pastdir.









