Tayvan bayroği ostida suzuvçi va bortida 52 yölovçi bölgan trauler Tinç okeanida yonmoqda. Bu haqda Yaponiya sohilböyi qöriqlaş xizmati ma'lum qildi, deb xabar bermoqda TASS axborot agentligi.
Ma'lumotlarga köra, kema Ivate prefekturasidan 510 km uzoqlikda falokatga uçragan. Traulerning yonişiga uning boşqa kema bilan töqnaşişi sabab bölişi mumkin.
Voqea joyiga Yaponiya sohilböyi qöriqlaş xizmati kemalari jönatilgan.












