Jamiyat | 09:57 / 28.10.2016
4860
1 daqiqa o‘qiladi

Antarktikada dunyoda eng yirik dengiz qo‘riqxonasi ochiladi

Yevroittifoq vakillari hamda 24 mamlakat delegatlari Antarktika hududida dunyodagi eng yirik dengiz qo‘riqxonasi yaratilishini tasdiqlashdi. Uning maydoni 1,55 million kvadrat kilometrdan ortiq bo‘lishi rejalashtirilmoqda. Bu haqida RIA "Novosti" xabar berdi.

Mazkur qaror Avstarliyaning Xobartida bo‘lib o‘tgan Antarktikaning dengiz jonli resurslarini saqlash komissiyasining uchrashuvida qabul qilindi. Yangi Zelandiya tashqi ishlar vaziri Myurrey Makkalining so‘zlariga ko‘ra, qo‘riqxona maydoni 1,55 million kvadrat kilometrdan oshadi. Manbaga ko‘ra, ushbu zonada 35 yilga baliq tutish  taqiqlanadi. 

Kelishuv 2017 yilning 1 dekabrida kuchga kirishi rejalashtirilmoqda. 

Iyun oyida paleontologlar 50 million yil ilgari Antarktika uzra kichik aeroplan hajmidagi qushlar uchganini aniqlashgandi.
 

Mavzuga oid