Şu kunlarda sunʼiy intellekt sohasidagi bahslar global siyosiy mavzuga aylandi: Anthropic boş direktori SI agentlari yaqinda «butun internetni egallab olişidan» ogohlantirib, sohani tartibga solişga çaqirdi. Raqobatçilar buni «yetakçilarning kartel qurişga urinişi» deb baholamoqda. AQŞ va Xitoy esa allaqaçon SIni raqib qölidagi qurol sifatida körmoqda.
Hammasi qayerdan boşlandi?
Sunʼiy intellekt yoki uning agentlarini rivojlantirişni sekinlaştirişga oid bahslar, aslida bir neça oy oldin boşlangandi. Bunga birinçi turtki bölgan hodisa joriy yil iyul oyida yuz berdi. Öşanda OpenAI kompaniyasi özining içki kiberxavfsizlik sinovini ötkazdi: sinov davomida modellarning himoya klassifikatorlari ataylab öçirib qöyilgandi.
Kompaniyaning rasmiy bayonotiga köra, GPT-5.6 Sol modeli va undan kuçliroq yana bir model izolyatsiya qilingan sinov muhitidan (sandbox) mustaqil ravişda çiqib ketgan. U aylanma yöllar bilan internetga kiriş imkonini qölga kiritib, özining Hugging Face AI labaratoriyasiga xakerlik hujumi uyuştirgandi. Mustaqil tekşiruvlarning körsatişiça, bu bitta «buzilgan agent» emas, balki 1200 ga yaqin agentdan iborat guruh bölib, ular özaro muvofiqlaşgan holda harakatlangan.
Ikkinçi turtki – 9-sentabr kuni Anthropic tadqiqotçisi Jeykob Koxon öz isteʼfosini eʼlon qilişi bilan boğliq. 27 yoşli mutaxassis uç yil OpenAI va Anthropic kompaniyalarida işlagan. «Ikkala kompaniya ham masʼuliyatsiz harakat qilmoqda. Ular öz-özini takomillaştiruvçi super-intellekt sari poyga qilib, hayotimizni garovga qöymoqda», deb yozdi u. Ijtimoiy tarmoqlardagi uşbu post 170 million martadan ortiq körildi.
I resigned from Anthropic today. I spent the last three years doing pretraining research at both OpenAI and Anthropic. Neither company is acting responsibly. They are racing straight to self-improving superintelligence and gambling with our lives. More thoughts below.
— Jacob Coxon (@hilbertspaess) September 9, 2026
Axios'ga bergan intervyusida Koxon kompaniyadagi uluşi qonuniy kuçga kirişiga ikki oy qolganida isteʼfo berganini aytib, buni quyidagiça izohladi: «Agar sizga poyga bosimi tuşayotgan bölsa, burçaklarni kesişga majbursiz» yoki nazorat bosqiçlarini ötkazib yuborasiz.
Sekinlaştiriş taklifi va qöllovlar
Oxirgi voqealar esa 12-sentabr kuni Anthropic boş direktori Dario Amodey öz blogida eʼlon qilgan inşodan keyin kulminatsiya nuqtasiga çiqdi. Amodeyning aytişiça, ikki omil: SI modellari öz vorislarini loyihalaş, öqitişda qatnaşa boşlagani va bu jarayon tezlaşgani, şuningdek «OpenAi–Hugging Face hodisasi» uning fikrini özgartirgan.
Agentlar özini takomillaştirişi haqida u şunday yozdi: «Agar himoya tösiqlarisiz davom etsa, u - bizning tuşuniş yoki boşqariş qobiliyatimizdan özib ketişi mumkin». Mutaxassisga köra, 6–12 oy içida SI agentlari «butun internetni egallab oliş qobiliyatiga ega bölişi va yuz milliardlab dollarlik zarar yetkazişi» mumkin.

Amodeyning taʼrifiga köra, meyorlaş - «modelni öqitiş yoki texnik taraqqiyotni töxtatiş emas, balki kompaniyalar modellarini moslaştiriş, himoyalaş uçun yetarli vaqt ajratişini taʼminlaşdir». U 2023-yildagi pauza çaqiriqlari «öşa paytda unçalik mantiqli bölmagani»ni ham tan oldi. Çunki öşa davr modellari agent sifatida harakat qilolmasdi.
Amodey sekinlaştiriş uçun özining uç bosqiçli rejasini ham taqdim qilgan. Unga köra: dastlab kompaniyalar "öz içkarisiga mustaqil baholovçilarni joylaştirişga" ruxsat beradi. Uçinçi tomon jamoalari doimiy, xodim darajasidagi kiriş huquqiga ega böladi. Ular öz xulosalarini kompaniya tahriridan ötkazmasdan çop eta oladi.
Ikkinçi bosqiçda demokratik davlatlardagi SI laboratoriyalari örtasida umumiy xavfsizlik standartlari işlab çiqiladi. Va-nihoyat sohada global muvofiqlaşuv, jumladan Xitoy bilan ham umumiy «öyin qoidalari» böladi.
Şu bilan birga Amodey Xitoyga qarşi eksport nazoratini kuçaytirişga çaqirdi. U Xitoyning SI sohasidagi yetakçiligi «AQŞ va dunyo uçun jiddiy xavf» bölişini yozib, Pekinning keskin javobiga sabab böldi.
Amodeyni qöllovçilar ham tezda topildi. OpenAI asosçisi Sem Altman: «Dario bilan roziman – biz çegarani meyorlaşimiz kerak», dedi. Altman, şuningdek öz kompaniyasiga taşqi baholovçilarni kiritişga vaʼda berdi.
Dario is right
— Elon Musk (@elonmusk) September 12, 2026
SpaceX va xAI rahbari Ilon Mask qisqa qilib «Dario haq» ekanini yozdi. Google DeepMind rahbari Demis Xassabis ham bu fikrlarga ham qöşildi. Microsoft rahbari Satya Nadella mustaqil auditni maʼqulladi. Ammo u «bu tekşiruvlar bir hovuç taşkilot nazoratida bölmasligi, balki keng vakillikka ega bölişi kerakligi»ni qöşimça qildi.
«Kartel tuzişga uriniş»
New York Times’ga köra, sunʼiy intellekt sohasidagi gigant korporatsiyalar rahbarlarining bu taşabbusi ayrim kompaniyalar va siyosatçilar tomonidan tanqidiy qabul qilindi.
AQŞ prezidenti huzuridagi Fan va texnologiyalar böyiça maslahatçilar kengaşi hamraisi Devid Saks Amodeyga eng keskin javob berdi: «Super-intellektni yaratmaslikning eng oson yöli - uni yaratmaslikka rozi böliş». Uning fikriça, kompaniyalar davlat ruxsatisiz ham surʼatini pasaytira oladi. Şu bois «ular özi istagan tartibga soliş tizimini hammadan talab qilişi – jamoatçilikni şantaj qilişdek» körinmoqda.

Şuningdek, Saks antimonopol qonunçilikni töxtatib turiş talabini oçiqçasiga "kartel tuzişga uriniş", deb atadi. Saks Tramp lavozimga kelgaç bir neça oy davomida Oq uyning Sunʼiy intellekt va kriptovalyuta böyiça maxsus maslahatçisi lavozimida ham işlagan.
Kanadaning Cohere startapi rahbari Aydan Gomes ham buni kartelga qiyosladi. «Silikon vodiysidagi bir hovuç, bozorda hukmron SI kompaniyasi butun dunyo uçun texnologiyalar qoidalarini belgilaşi kerakmi?» U «qöy terisini kiygan böri – nomini qanday atamang, bu kartel hisoblanadi», deya xulosa qilgan.
Yana bir mutaxassis, vençur investori Bill Gurli esa Amodeyning taklifidagi manfaatlar töqnaşuviga urğu bergan: «Agar tartibga solinadigan bölsa, nazoratçilar kompaniyalarga taniş taşkilotlar bölmasligi va qoidalarni kompaniyalarning özi yozmasligi kerak», deydi u. Uning tanqidi asossiz emas. Çunki, Amodey tilga olgan baholovçi kompaniyalar uning öz laboratoriyalari bilan uzoq yillik işçi aloqalarga ega.
Nvidia boş direktori Jensen Xuang SI agentlar rivojlanişini sekinlaştiriş taklifini tanqid qilib, buning tijorat motivini körsatdi. Laboratoriyalar kiberxavfsizlik mahsulotlarini bozorga çiqarmoqçi: «talab yaratişning muammo yaratişdan yaxşiroq usuli bormi?», degan u.
AQŞ rasmiylari Amodeyni qöllamadi
Prezident Donald Tramp 13-sentabr kuni – Irlandiyada jurnalistlarga: «Biz SI böyiça Xitoydan oldindamiz... va oçiği, şundayligiça qolişini istayman. Çunki SIda kim yutsa, öşa yutadi», degandi. U himoya tösiqlari mumkinligini aytgan holda, tanqidçilar«röy bermaydigan narsalarni kötarib çiqayotgani»ni taʼkidlagan.
14-sentabr kungi postlarida Tramp ohangini yanada keskinlaştirdi: «SI uçun zarur bölgan yagona nazorat - bu kuçli va aqlli prezident. Bu narsa AQŞda ortiği bilan topiladi!» deb yozdi Tramp.

Tramp Amodeyni ismma-ism tanqid qilib, uni «beğubor farişta qiyofasiga kirib olgan»likda aybladi va SI hamda maʼlumot markazlariga qarşi kayfiyatni «kasal fitna» deb atadi. "Bu işlardan xursand bölayotgan yagona mamlakat – bu Xitoy», degan Tramp.
AQŞ vitse-prezident J. D. Vens esa yumşoqroq gapirdi. «Garçi SIdan xavflar borligini aniq bölsa ham, özini tartibga solişni sörayotgan kompaniyalar «Troya oti»ni eslatadi», dedi Vens.
AQŞ Kongressidagi vaziyat ham turliça. Xususan bir neça qonunçilar SI sohasini qatʼiyroq tartibga solişga çaqirmoqda va bunga intilmoqda. Texaslik senator Jon Kornin esa «işlab çiquvçilar xohlasa - özlari sekinlaşsin», degan pozitsiyada. Çunki, bir narsa aniq: «AQŞning raqiblari, bunday qilmaydi».
Pekindan turliça qaraşlar
Xitoy rasmiylarining javobi ikki qatlamli bölgan, deyiş mumkin. Dastlab Xitoy taşqi işlar vazirligi vakili Go Szyakun 14-sentabrdagi brifingda: «Qörquv tarqatiş, qarama-qarşilik va yovuz raqobat faqat global SI boşqaruviga xalaqit beradi. Bu heç kimning manfaatiga xizmat qilmaydi», deb bayonot berdi.
Xitoy davlat gazetasi Global Times'da eʼlon qilingan maqolada esa Amodeyning takliflari «sovuq uruş qöllanmasi»ga tenglaştirilgan: «Yuzaki qaraganda inşo oqilona bayonotdek körinsa-da, aslida Xitoyni jilovlaşga qaratilgan qoidalar bilan töla va mohiyatan 'sovuq uruş qöllanmasi'».
Ayni paytda rasmiy Pekin SI agentlari bilan boğliq xavfsizlik masalasini ham rad etmayapti. Davlat xavfsizligi vaziri Çen Isin 13-sentabrdagi maqolasida SI «global texnologik raqobatning asosiy maydoni va yirik davlatlar örtasidagi strategik kuraşning yangi arenasi»ga aylanganini yozdi. Uning aytişiça, AQŞ kompaniyalari modellarining «zaifliklarni tezkor aniqlaş va murakkab xakerlik vazifalarini bajariş» qobiliyati – Xitoyning kritik axborot infratuzilmasiga jiddiy xavf tuğdiradi.

Endi bu kelişmovçilik bevosita diplomatik kun tartibiga qöşilmoqda. Reuters maʼlumotiga köra, 24-sentabr kuni Vaşingtonda kutilayotgan Tramp va Si örtasidagi uçraşuvlarda sunʼiy intellekt xavfsizligi ham muhokama qilinadi.
Xalqaro bozorlarning reaksiyasi
Uşbu trend ortidan moliyaviy bozorlarda SI gigantlarining narxlari öynaşni boşladi. 14-sentabr kuni OpenAI 2026-yilda IPO ötkazmasligi maʼlum qildi – Altman buni xavfsizlik şubhalari bilan izohladi. Şundan söng, kompaniyaga 64,6 milliard dollar sarmoya kiritgan Yaponiyaning SoftBank aksiyalari 13,2 foizgaça tuşdi va taxminan 11 foiz yöqotiş bilan yopildi.
Nvidia 3,4 foizga, PHlX yarimötkazgiçlar indeksi qariyb 6 foizga arzonlaşdi. Anthropic esa, aksinça, oktabr örtalarida birjaga çiqişga tayyorlanmoqda.
Manfaatlar
Umumiy olganda sohada yuzaga kelgan bahslarda ikki hil daʼvo ilgari surilmoqda. Birinçisi, SI agentlari sinov muhitidan çiqib ketib, uçinçi tomon infratuzilmasiga bostirib kirişi. Bu holat amaliyotda böldi va mustaqil ekspertlar tomonidan hujjatlaştirildi.
Amodeyning «6–12 oy içida agentlar internetni egallab olişi mumkin» degan gapi esa prognoz bölib, muallifning özi ham uni dalil sifatida taqdim etmaydi. Çunki, SI modellari ulkan maʼlumot markazlariga boğliq. Ularni öçiriş esa işlab çiquvçilarning qölida - yaʼni «nazoratdan tamoman çiqib ketiş» ssenariysi hozirça infratuzilma darajasida çeklangan.
Tahlilçilarga köra, aynan şunday şov-şuvlar - agentlarning kiberhujumlari haqidagi jiddiy va yaqin xavf muhokamasini eʼtibordan çetda qoldirişi mumkin. Uşbu bahslardan xulosa qiliş mumkinki, heç bir tomon manfaatlardan holi emas.
Masalan, oktabrda birjaga çiqişi kutilayotgan Anthropic tartibga solişni xohlaydi, çunki bundan uning raqiblariga köproq zarar yetişi mumkin. Nvidia'da esa sekinlaşuv ortidan AI çiplarining sotuvi tuşib ketişi mumkin.

Yana bir muhim texnik muammo bor: ayni vaqtda yetakçi SI laboratoriyalarining xavfsizlikka doir bergan vaʼdalarini mustaqil tekşiradigan mexanizm yöq. Amodey taklif qilgan «içkariga joylaştirilgan baholovçilar» aynan şu böşliqni töldirişi kerak. Ammo ularda muddat va majburiy ijro mexanizmi yöq.
Siyosatçilar, xususan AQŞ sunʼiy intellektni Xitoy bilan raqobat prizmasidan köradi. Rasmiy Pekin nazdida SIni sekinlaştiriş taklifi – AQŞning çiplar eksportini nazorat qiliş kampaniyasining davomi. Bugunga kelib, sunʼiy intellekt poygasi va xavfsizligi global bosqiçda AQŞ–Xitoy raqobatiga aylanmoqda. Ularning har ikkisi ham xavfni tan oladi, şu bilan birga SIni raqib qölidagi texnologiya sifatida köradi.











