LDPR yetakçisi Leonid Slutskiy Moliya vazirligi rahbariga çet el fuqarosining Rossiyadan taşqariga qiladigan har bir ötkazmasidan majburiy tölov belgilaş taklifini yubordi.

Taşabbusga köra, banklar va tölov tizimlari ötkazma summasining 5 foizini avtomatik ravişda uşlab qolişi va bu mablağlarni federal byudjetga ötkazişi kerak böladi.

«Agar pul Rossiyada işlab topilgan bölsa, uning bir qismi şu yerda qolib, iqtisodiyotimiz va xalqimiz uçun işlaşi kerak», - dedi Leonid Slutskiy.

Partiyaning qayd etişiça, hozir çet elliklar va fuqaroligi bölmagan şaxslarning çet elga ötkazmalari alohida soliq yoki majburiy yiğimga tortilmaydi.

Mutaxassislarning hisob-kitoblariga köra, migrantlar har yili Rossiyadan 25 milliard dollarga yaqin mablağni olib çiqib ketadi. Misol tariqasida 2025-yil maʼlumotlari keltirilgan. Unga köra, Rossiyadan Qirğizistonga pul ötkazmalari hajmi 3,2 milliard dollarni, Özbekistonga esa qariyb 18,9 milliard dollarni taşkil etgan.

Leonid Slutskiyning fikriça, yangi yiğim federal byudjetning qöşimça daromad manbaiga aylanadi. LDPR, şuningdek, bu yiğim çet el fuqarolarining Rossiyada bölişi bilan boğliq byudjet xarajatlarini qisman qoplaş imkonini beradi, deb hisoblaydi.

Hozirça gap faqat partiyaning taklifi haqida ketmoqda. Bunday tölovni joriy etiş töğrisida hali qaror qabul qilinmagan.